Ру O'z
28 April 2023 364

PARKENT, BO'STONLIQ, OHANGARON TUMANLARI VA ANGREN SHAHRIDA TURIZM BO'YICHA SEMINAR TRENING O'TKAZILDI.

Joriy yilning 29-mart kuni Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimizning barcha hududlarida turizm sohasini jadal rivojlantirishga bagishlangan videoselektor yig‘ilishida TSMRIga Toshkent viloyatining Parkent, Bo‘stonliq, Ohangaron tumanlari va Angren shahri biriktirilib, ushbu hududlarda turizm sektorini rivojlantirish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilab berilgan edi.

Shundan so‘ng 17-aprel kuni TSMRI hamda Toshkent viloyati hokimligining tegishli mas'ullari viloyatning turizm salohiyatidan kelib chiqqan holda, yuqorida qayd etilgan tuman va shaharlarida turizm sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan yo‘l xaritasi ishlab chiqildi. Yo‘l xaritaning asosiy yo‘nalishlari qatorida ushbu hududlarda turizm va mehmondo‘stlik bo‘yicha treninglar o‘tkazish o‘rin oldi.

Shundan kelib chiqqan holda, 2023-yil 26-27-aprel kunlari Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti ishchi guruh vakillari Toshkent viloyati Parkent tumani turizm va mehmondo'stlik soha vakillari uchun seminar trening o‘tkazib berishdi. TSMRIning innovatsion trening dasturi turizm sektorida rivojlangan xorijiy mamlakatlarning turizm va mehmondoʻstlik sohasidagi yetakchi taʼlim muassasalarining oʻqitish uslublariga asoslangan.

Mazkur trening turizm va mehmondoʻstlik yoʻnalishi boʻyicha yuqori malakali oʻqituvchilari tomonidan olib borildi. Treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad tuman turizm sohasi mutaxassislari orasida bilim va xabardorlik darajasini oshirish, shuningdek xizmat ko‘rsatish sohasini boshqarishda malakalarini kengaytirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir yakunlari bo‘yicha tadbir ishtirokcholilari sertifikatlar bilan taqdirlanishdi. Toshkent viloyati bo‘ylab trening mashg‘ulotlari davom ettiriladi.

APPLY NOW
Click on the button below to listen to the text Powered by GSpeech