En

Bangor Universitetining tashkil topishi XIX asrning oxirlarida Uelsda amalga oshirilgan oliy ta’limni ta’minlash kompaniyasining bevosita natijasidir. Asosiy jamg‘arma Bangorda universitet darajasidagi kollejni ochish uchun ommaviy yig‘ilgan mablag‘lar edi. Jamg‘armaning muhim xususiyati mahalliy aholi, jumladan fermerlar va ishchilar qatlamining ma’lum bir muddatga mo‘ljallangan haftalik ish haqidan o‘z xohishlari bilan xayr-ehsonlar sifatida taqdim etganlari edi.

Universitet Shimoliy Uels universiteti kolleji sifatida tashkil etilgan. 1884-yil 18-oktabrda 58 nafar talaba va 10 nafar xodimlar bilan eski kooperatsion xonada o‘z faoliyatini boshlagan. 1893-yilgacha Uels universitetida Bangor universiteti uning tarkibiy kollejiga aylangandan so‘ng, talabalar London Universiteti diplomini olgan.

Bugungi kunda universitetda 11 mingga yaqin talaba va 2000 nafardan ziyod xodimlar faoliyat olib boradi. Bangor universiteti yuqori sifatli o‘qitishni ta’minlash, yuqori sifatli tadqiqotlar olib borish, talabalarga yuqori darajada g‘amxo‘rlik qilish hamda Uelsning keng jamoatchiligida to‘la rol o‘ynashni kafolatlaydi.

Erishilgan muvaffaqiyat

Bangor universitetiga 1884-yilda asos solingan. Universitet uzoq yillar mobaynida yetuk ilmiy salohiyat an’anasiga ega bo‘lish bilan birga, talabalar tajribalariga kuchli e’tibor qaratadi. Hozirgi kunda universitetda 11000 nafarga yaqin talabalar tahsil oladi, yigirma uchta yo‘nalishlar bo‘yicha 650 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib boradi. 2014-yilgi Research Excellence Framework (REF) ma’lumotlariga ko‘ra, Bangor universiteti Angliyadagi eng yaxshi ilmiy tadqiqotlar reytingida 40-o‘rinni egallaydi. REF ta’kidlashicha, Bangor universiteti tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning 80%dan (4/3qismi) ortig‘i dunyo hamda xalqaro miqyosida yetakchilik qilib qolmasdan, Buyuk Britaniya universitetlaridan ham ildamlab ketgan.

Joriy yilda Bangor universitetining talabalari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazilgan so‘rovnomada ask etganidek, Bangor Buyuk Britaniyadagi nodavlat universitetlari orasida 8-o‘rinni va Uelsdagi ta’lim muassasalari orasida 2-o‘rinni egallaganiga guvoh bo‘lish mumkin.

Ta’limning oltin reytingi

Bangor universiteti o‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha milliy dasturida (TEF- national Teaching Excellence Framework) eng yuqori reytingga ega Oltin mukofotiga sazovor bo‘lgan. Bangor universiteti Uelsda ushbu standartga erishgan yagona universitetdir.

TEF baholashi ta’lim sifati, o‘quv muhiti va o‘quvchilarning natijalari va o‘rganish yutuqlarini hisobga olingan. Universitet talabalarimiz uchun izchil o‘qitish, o‘rganish va natijalarni taqdim qilish uchun baholanadi va bizning o‘qitish tizimi Buyuk Britaniyada eng yuqori sifat ko‘rsatkichga ega deb topilgan.

2017-yilda Buyuk Britaniyaning “Top University Ranking” reyting tizimida 62-o‘rinni va Buyuk Britaniya tadqiqodi bo‘yicha 40-o‘tinni egallagan.

Bangor Universiteti dasturlari:

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech