En

Rektor qabulxonasi

 

TSMRI tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlarning sifatini yuqori darajada amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida barcha faoliyat turlarini nazorat qiladi.

 

Huquqshunos bo‘limi

 

Barcha yuridik masalalar bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi va shartnomalarni tayyorlash va amalga oshirish jarayonini nazorat qiladi.

 

Marketing bo‘limi

 

TSMRI umumiy o‘quv jarayoni, magistratura va bakalavr dasturlari haqida ma’lumotlar taqdim etilishini nazoratga oladi va uning ommalashishini amalga oshiradi.

 

Xalqaro ta'lim muassasalari bilan hamkorlik qilish bo‘limi

 

Professor-o‘qtuvchilar uchun xalqaro treninglar, xalqaro konferensiyalar tashkillashtiradi, talabalarning bilim saviyasini oshirish maqsadida xorijda malaka oshirish kurslarini tashkillashtiradi, shuningdek, chet el ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi.

 

Tadqiqot va konsultatsiya markazi

 

O'qituvchilar, bitiruvchilar va talabalarga ilmiy-tadqiqot va konsalting sohasida ilmiy va kasbiy salohiyatni rivojlantirishda professional yordam ko'rsatadi. Institut uchun tadqiqot va innovatsiya salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan biznes-korxona va jamiyat bilan hamkorligini kuchaytirish bo'yicha faoliyat olib boradi. Shuningdek, Universitetning ilmiy madaniyatini chuqur yo'lga qo'yish maqsadida talabalar va professorlar hamjihatligida turli ilmiy loyihalarni amalga oshirishini bevosita qo'llab-quvvatlaydi.

 

Ma’lumotlar markazi

 

TSMRI bakalavriat va magistratura dasturlari, kirish imtihonlari, qabul qilish talablari, o‘quv to‘lovlari, o‘quv rejalari, ta’lim yo‘nalishlari, sertifikatlashtirish bo‘yicha to‘liq va zarur ma'lumotlarni olishda yordam beradi.

 

 

O‘QUV ISHLARI BO‘LIMLARI

Dekan qabulxonasi

 

TSMRIda sifatli ta'limni ta'minlash maqsadida ta’lim va dasturlar bo‘yicha faoliyatni boshqaradi.

 

Professor-o‘qituvchilar bilan ishlash bo‘limi

 

TSMRIga professor-o‘qituvchilarni ishga qabul qilish va ularning ta’lim berish jarayonini nazorat qiladi.

 

Kurs rahbarlari

 

Hamkor universitetlar tomonidan tasdiqlangan sxemalar bo‘yicha ilmiy jarayonni nazorat qiladi.

 

Akademik dasturlar ishlab chiqarish va boshqarish bo‘limi

 

TSMRI uchun yangi dasturlarni ishlab chiqadi va tavsiya qiladi.

 

QABUL VA TALABALAR BILAN ISHLASH BO`LIMLARI

Talabalarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi

 

Talabalarga turli xizmatlar ko‘rsatish va ularni qo‘llab-quvvatlash orqali talabalarning institutdagi hayotining va faoliyatining yaxshilanishiga xizmat qiladi

Yoshlar bilan ishlash bo‘limi

 

Talabalarning darslardan keyingi bo‘sh vaqtlarini unumli, mazmunli va foydali o‘tishini ta’minlash maqsadida turli to‘garak va klublar faoliyatini olib boradi. Shuningdek, madaniy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy va sport-sog‘lomlashtirish yo‘nalishlarida tadbirlar tashkillashtiradi.

 

Markaziy rejalashtirish bo‘limi

 

Dars jadvallarini rejalashtirish bilan shug‘ullanadi.

 

Markaziy ro‘yxatga olish bo‘limi

 

Bakalavr va magistratura bo‘limlariga qabul ishlari, boshqa o‘quv yurtlaridan talaba qabul qilish masalalari va talabalarga diplom taqdim etish jarayonlarini o‘z ichiga qamrab oladi.

 

Imtihon natijalarini jamlash bo‘limi

 

Imtihon va unga oid barcha masalalar bilan shug‘ullanadi.

 

Kasbni rivojlantirish markazi

 

Talabalar va bitiruvchilarning karyera boshlashlariga mo‘ljallangan dasturlar, bandlikni ta’minlashda tegishli tavsiya va yo‘nalishlar bilan ta’minlash, shuningdek, talabalarni joylarda amaliyot o‘tashi uchun yo‘llanmalar bilan ta’minlaydi.

 

MOLIYA VA MA’MURIY MASALALAR BO‘LIMLARI

Hisob-kitob bo‘limi

 

Institutning barcha moliyaviy masalalari bilan shug‘ullanadi, hamda moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishni o‘z zimmasiga oladi.

 

Kadrlar bo‘limi

 

Ish bilan ta'minlash siyosatini, tartiblarini va amaliyotlarini amalga oshiradi.

 

Sifatni ta’minlash bo‘limi

 

Umumjahon sifat na’minoti amaliyotlarini TSMRIda tadbiq etish hamda institutning sifat boshqaruv tizimini takomillashtirish uslublarini ishlab chiqadi va takliflar kiritadi.

 

Tibbiy xizmat bo‘limi

 

Talabalar va xodimlar uchun keng ko‘lamli shoshilinch tibbiy yordam xizmatlarini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, TSMRIda talabalar va xodimlarning farovonligini oshirishga xizmat qiladigan sanitariya tizimi faoliyatini nazorat qiladi

O‘quv-resurs markazi

 

Kutubxona va uning xizmatlari bilan shug‘ullanadi.

 

Multimediya

 

Talabalarning multimediya loyihalarini amalga oshirish uchun yuqori sifatli uskunalar bilan ta’minlaydi. Institutning multimediyaga doir loyihalarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.

 

Xafvsizlikni ta’minlash bo‘limi

 

TSMRI jamoasining barcha a’zolari va institutning mehmonlarini eng yuqori darajadagi xafvsizlik bilan ta'minlaydi.

 

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘limi

 

Institut o‘qituvchilari va ma’muriyat xodimlari uchun axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya uskunalari bilan ta’minlaydi va texnik xizmat ko‘rsatadi. Imstitut uchun dasturiy ta'minot ishlab chiqadi.

 

 

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech