En

2016-yilda tashkil etilgan Turizm va mehmonxona ishi yo'nalishi turizm va mehmonxona boshqaruvi bo‘yicha xalqaro miqyosda tajriba almashish markazi bo‘lib, ta’lim, mashg‘ulot, professional amaliyot va izlanish sohasida faoliyat yuritadi.

Biz O‘zbekistonda sayyohlik va mehmondo‘stlik sohasida bilim berish va taraqqiy etishda yetakchi o‘rin tutuvchi ta’lim muassasi sifatida tan olinganmiz. Ushbu yo‘nalish professional o‘qituvchilar jamoasi va 300 dan ortiq bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalarni o‘z ichiga qamrab oladi.

Biz O‘zbekistonning turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi, “Hyatt Regency”, “Wyndham”, “Radisson”, “Miran International”, “Grand Mir Hotel”, “Ramada” va boshqa ko‘plab sayyohlik sohasidagi professional tashkilotlar va qo‘mitalari bilan yaqindan hamkorlik qilamiz.

Talabalarimiz Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti mehmondo‘stlik o‘quv markazida eng zamonaviy o‘quv majmuasini barpo etgan bo‘lib, bilim, tajriba va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun barcha qulayliklarni yaratgan. TSMRIda turizm yo‘nalishi uchta asosiy amaliy laboratoriya mavjud. Ular - qabulxona, yotoqxona, bar moslamalari bilan jihozlangan restoran ko‘rinishiga ega bo‘lib, mehmonxona binosini eslatadi va mehmonxona xizmatlarini yaqindan o‘rganishga imkon beradi.

 

Indira Rakhmanova

Lavozim: Lektor Mansubligi: Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti Maktab / Bo'lim: Turizm va mehmonxona ishi Email: irakhmanova@mdis.uz
APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech