En

TSMRI ilmiy kengashi 2021-yil 29-martdagi 10/1-son buyrug‘i bilan tashkil etilgan.Ilmiy kengash tarkibi universitet rektori buyrug‘i bilan 5 yil muddatga saylanadi va tasdiqlanadi.

Ilmiy kengash raisi – institut rektori, Dr. Mamatkulov I.A. 

Ilmiy kengash institutning ilmiy faoliyatiga oid masalalarni hal qiluvchi kollegial/jamoaviy bo`g`in hisoblanadi.

Institut Ilmiy kengashi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi 637-sonli “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining 161-I-sonli Mehnat kodeksiga,  O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 29-oktabrdagi 576-sonli “Fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni, “Ilmiy kengash to‘g‘risida”gi nizom, institut Ustavi,boshqa  mahalliy normativ hujjatlar, shuningdek, “Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (MDIST) professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalarining ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini rag‘batlantirishning asosiy mexanizmlari to‘g‘risida”gi nizomga binoan yuritadi va shu hujjatlar doirasida vakolatli organ hisoblanadi .

Ilmiy kengashning maqsadi institut ilmiy faoliyatga asoslangan barcha harakatlar bo‘yicha kollegial qarorlar qabul qilishdan iborat.

Institut Ilmiy kengashi faoliyati oshkoralik, o‘z vakolatiga kiruvchi masalalarni jamoaviy muhokama qilish va hal etish, institut xodimlari va talabalari oldidagi mas’uliyatga asoslanadi.

Ilmiy kengashning asosiy vazifalari:

  • Institut ilmiy rivojlanishining asosiy istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash;
  • Ilmiy faoliyatni tashkil etishning asosiy masalalarini normativ jihatdan tartibga solish;
  • Institutning ilmiy faoliyatini va rivojlanish dasturini amalga oshirish;
  • Institutning ilmiy-tadqiqot va axborot-tahliliy faoliyati masalalarini ko‘rib chiqish va qarorlar qabul qilish;
  • Institut tomonidan amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqotlarning tematik rejasini tasdiqlash;
  • Institut ilmiy kengashining ish rejalarini tasdiqlash;
  • Professor-o'qituvchilar, xodimlar va talabalarning maqolalar yozish faoliyatini rag'batlantirish.
APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech