En

Biz haqimizda

Ilmiy Tadqiqotlar, Innovatsiyalar va Maslahat Markazi (ITIMM) tadqiqotga yoʻnaltirilgan bo'linma boʻlib, unda professor-oʻqituvchilar, talabalar va soha mutaxassislari ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va taʼlimni tashkil etish va ommaga taqdim etish boʻyicha oʻz bilim, ko'nikma va tajribalarini birlashtirishlari mumkin. Ilmiy Tadqiqot Klubi Toshkentdagi SMRI qo'shidagi ITIMM tomonidan barcha yo‘nalish va kurs talabalari va o‘quv faoliyatiga qiziquvchilar uchun o‘z faoliyatini olib boradi. Ilmiy Tadqiqot Klubi talabalarning umumiy bilimini oshirishda va ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan institutsional tashabbusdir. Bundan tashqari, klubning vazifasiga ilmiy tadqiqotlar sohasida talabalarning bilim-ko’nikmalarini mustahkamlash va rag’batlantirish ham kiradi. Ilmiy tadqiqot klubi tadqiqotga qiziqishi yuqori bo‘lgan talabalarni jamoaviy ilmiy izlanish yondashuvidir.

A'zolik imtiyozlari

Ilmiy Tadqiqot Klubi Toshkentdagi SMRI talabalari uchun faoliyat olib boradi. Talabalar ilmiy tadqiqot olib borishda va innovatsion g'o'yalarrni ilgari surishda muhim rol o'ynashadi. Undan tashqari bu klubga Toshkentdagi SMRIning professor-o'qituvchilari ham jalb qilinadi. Talabalar klubiga a'zolik jamoaviy tadqiqotlar o'tkazishning samarali usuli hisoblanib, jarayon ishtirokchilari tadqiqot va innovatsiyalarga qiziqishlarini baham ko'rishlari mumkin. Ilmiy tadqiqotlar olib borishning imkoniyatlari va afzalliklari cheksizdir, lekin bu talabalar orasida farq qilishi mumkin: yakuniy natija bevosita talaba tomonidan ortirilayorgan bilim va ko’nikmalarga bog'liqdir. Birgalikda, ya'ni jamoada o'qib o'rganish imkoniyati ilmiy tadqiqotlar olamiga qadam tashlashning ko'plab sabablardan biridir.

Ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etish quyidagi yo'llarning ajoyib usuli hisoblanadi:

- Ilmiy Tadqiqotlar, Innovatsiyalar va Maslahat Markazi (ITIMM) yetakchi mutaxassislari bilan ilmiy tadqiqot asoslarini o‘rganish

- o'qishingizda sizga foyda keltiradigan har qanday ilmiy tadqiqot muhitida kerakli ko'nikmalarga ega bo'lish

- Ilmiy Tadqiqot Klubi doirasida Toshkentagi SMRIning barcha fanlar doirasida ilmiy imkoniyatlarni o‘rganish.

- tanlagan yo‘nalishining ilmiy jihatdan chuqurroq o‘zlashtirish

- tadqiqot qiziqishlaringizga mos keladigan texnologiya, usul va uslublarni o'rganish va ulardan foydalanish.

Klubga a'zolik istiqbollari:

- Toshkentdagi SMRI talabalari orasidagi “Eng Yaxshi Ilmiy Tadqiqot” mukofoti uchun nomzodlik.

- Professor-o'qiruvchilar boshchiligidagi ilmiy tadqiqot imkoniyatlaridan foydalanish.

- Professor-o'qituvchilar yordami orqali kutubxonalar va tadqiqotga yo’llantirilgan xizmatlaridan foydalanish.

- Institutning ilmiy jurnallarida va konferensiya materiallari to‘plamlarida nashri.

- Rezyumeni qo'shimcha malaka va a’zolik sertifikatlari bilan boyitish.

- Tadqiqotingiz natijalarini o'z sohangizdagi va boshqa soha mutaxassislarga professional tarzda taqdim etish.

- Toshkentdagi SMRI talabalari va o‘qituvchilari orasida ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalar sohasidagi alohida yutuqlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash (Toshkentdagi SMRI xodimlari va talabalari o‘rtasida ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rag‘batlantirishning asosiy mexanizmlari to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq, IV bob, 8-bandida ko'rsatilgan "Talabalarni ilmiy izlanishga undash maqsadida Toshkentdagi SMRI talabalari ishtirokidagi nashrlar (hammualliflikda)".

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech