En

TSMRI qo'shma korxona hisoblanadi:

  • 51% aksiyalar Singapur Menejmentni Rivojlantirish Institutiga
  • 49% aksiyalar O‘zbekiston Banklar Assotsiatsiyasiga tegishli.

2007-yil yanvar oyida O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov Singapur Respublikasining birinchi Prezidenti janob S.R. Natanning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Singapurga keldi. Tashrif chog'ida O'zbekiston-Singapur hamkorligini kengaytirish masalalari, tomonlarni qiziqtirgan xalqaro ahamiyatga molik dolzarb muammolar muhokama qilindi.
Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (TSMRI) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 5-sentabrdagi qabul qilingan PQ-691-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

5,2 gektardan ortiq maydonni egallagan TSMRI da zamonaviy o'quv va ma’ruza xonalari, kompyuter laboratoriyalari, mehmonxona amaliyot laboratoriyasi, tennis korti, yopiq suzish havzasi, yopiq basketbol va voleybol maydonlari, futbol, trenajor zali va yugurish uchun mo’ljallangan yo’lak mavjud. Shuningdek, yaxshi jihozlangan yotoqxona binosi ham bor.

TSMRI (Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti) O'zbekiston va boshqa MDH mamlakatlari fuqarolari uchun Tadbirkorlik va menejment, Biznes va marketing, Bank va moliya, Buxgalteriya va moliya, Biznesda hisob-kitob, Xalqaro mehmondo'stlikni boshqarish sohalarida akademik dasturlar orqali Buyuk Britaniya universitetlari bilan hamkorlik qilgan holda professional rivojlanish imkoniyatini yaratmoqda.
O'quv jarayoni Singapur Menejmentni Rivojlantirish Instituti (SMRI) tomonidan qabul qilingan tamoyillarga, ta'lim standartlariga va o'quv dasturlariga muvofiq tashkil etiladi. TSMRI akademik xodimlari Singapur Menejmentni rivojlantirish institutining mahalliy va tajribali xalqaro fakulteti tomonidan yig’ilgan.
Akademik dasturlar yakunlanganidan so'ng beriladigan sertifikatlar O'zbekiston Respublikasida oliy ma'lumot to’g’risidagi hujjatlar sifatida tan olinadi va SMRIda taqdim etiladigan darajalar, sifat va standartlarga teng.


TSMRI bakalavr va magistratura dasturlarini taqdim etadi. Ushbu dasturlar yakunida talabalarga topshiriladigan sertifikatlar O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, shuningdek, xalqaro miqyosda tan olingan.
Shuningdek, 2015-yil aprel oyida TSMRI Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti tomonidan berilgan ISO 9001: 2008 sertifikatiga ega bo’ldi va mamlakat miqyosida xalqaro sifat sertifikatini olgan birinchi oliy o'quv yurti bo'ldi.
Hozirgi kunda O'zbekistonning barcha viloyatlaridan, shu bilan birga Janubiy Koreya, Ukraina, Afg'oniston, Qirg'iziston, Tojikiston va Qozog'istondan kelgan 3000 nafardan ortiq talaba TSMRI da tahsil olib kelmoqda.
TSMRI milliy va umuminsoniy qadriyatlarga mos keladigan, jismonan va ma'nan sog'lom avlodni voyaga yetkazadigan va rivojlantiradigan muassasaga aylanishiga ishonamiz.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech