En

Hozirgi kunda O'zbekistonning barcha viloyatlaridan, shu bilan birga Janubiy Koreya, Ukraina, Afg'oniston, Qirg'iziston, Tojikiston va Qozog'istondan kelgan 4500 nafardan ortiq talaba TSMRI da tahsil olib kelmoqda.

5,2 gektardan ortiq maydonni egallagan TSMRI da zamonaviy o'quv va ma’ruza xonalari, kompyuter laboratoriyalari, mehmonxona amaliyot laboratoriyasi, tennis korti, yopiq suzish havzasi, yopiq basketbol va voleybol maydonlari, futbol, trenajor zali va yugurish uchun mo’ljallangan yo’lak mavjud. Shuningdek, yaxshi jihozlangan yotoqxona binosi ham bor.

Bundan tashqari, TSMRI o'quvchilarining ta'lim olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsasida “Blackboard Learning System” tarmog’iga ulanish va kerakli resurslar bazasiga kirish bilan ta’minlaydi.

2015-yil aprel oyida TSMRI Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti tomonidan berilgan ISO 9001: 2008 sertifikatiga ega bo’ldi va mamlakat miqyosida xalqaro sifat sertifikatini olgan birinchi oliy o'quv yurti bo'ldi.

TSMRI milliy va umuminsoniy qadriyatlarga mos keladigan, jismonan va ma'nan sog'lom avlodni voyaga yetkazadigan va rivojlantiradigan muassasaga aylanishiga ishonamiz.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech