En

TSMRI Buyuk Britaniyaning tan olingan universitetlari bilan hamkorlikda Tadbirkorlik va menejment, Biznes va marketing, Bank va moliya, Buxgalteriya hisobi va moliya, Biznes hisoblash, Xalqaro mehmonxona boshqaruvi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha akademik dasturlar orqali O‘zbekiston va MDHning boshqa davlatlaridan kelgan odamlarga malaka oshirish imkoniyatlarini taqdim etadi.

SANDERLEND UNIVERSITETI, BUYUK BRITANIYA/ BIRLASHGAN QIROLLIK 

Dunyo bo‘ylab 20 000 ming talabalariga ega bo‘lgan Sunderland universiteti 3ta o‘quv korpusidan tashkil topgan bo‘lib, ulardan 2tasi Sanderlendning shimoliy-sharqiy qirg‘og‘ida va uchinchisi o‘rinda Londonda joylashgan.
Universitet dunyoning 15 mamlakatdagi oliy ta'lim muassasalari bilan global hamkorligida quyidagi muhim yo‘nalishlarga, jumladan, ilm-fan, ilg‘or ishlab chiqarish, dasturiy ta'minot, tadbirkorlik va innovasiya hamda ijodiy sohalarda dunyodagi yetakchi tadqiqotlar, biznesda axborot almashish sherikligi, hukumat va xususiy sohadagi mintaqaviy rahbarlar bilan hamkorlik qilish bo‘yicha faoliyat olib boradi.
Sanderlend universiteti 1901 yildan buyon o‘qitishda muhim rol' o‘ynaydi. 1992 yilda universitetga aylantirildi. So‘nggi o‘quv korpusi London shahrida 2012 yilda ochildi.
Sanderlend eramizning 674 yilidan boshlab muhim ta'lim markazi sifatida, Benedict Biskop qurdirgan mashhur Avliyo Petr cherkovi va monastiri yonidagi Janob Tom Koui kompusida joylashgan.
Universitet 1901 yildan buyon shaharni oliy ta'lim bilan ta'minlashga xizmat qilmoqda. Bunday uzoq va samarali faoliyat yuritishining asosiy omili, sobiq ta'lim kotibi Estel Morrisning ta'kidlaganidek, o‘zgarishlarga moslashuvchanlik qobiliyatidir.
Universitet doimo yangilik va jamiyatdagi islohotlarga favqulodda juda moslashuvchan va izlanuvchandir, olimlar tomonidan yangi g‘oyalar e'lon qilingandan so‘ng, albatta ularni hayotga tatbiq qilish uchun o‘z-o‘zidan ma'lumki, ko‘p vaqt talab etiladi, lekin Sanderlend o‘z imkoniyatlarini ishga solib, maydonni boshqaradi.
Bunday yondashuv universitetga ko‘plab nufuzli mukofotlarni taqdim etish bilan birga hukumat tomonidan taklif etiladigan yangi tashabbuslar va loyihalar ustida ishlashni talab etadi.
Tadqiqotlarning umumiy sifati, miqdori va xilma-xilligi bo‘yicha Buyuk Britaniyadagi eng yaxshi «yangi» universitetlardan biri bo‘lishidan faxrlanamiz. Bizning biznes va sanoat sohalaridagi aloqalarimiz ham mustahkam. Biz dunyoning yetakchi sifatli va ommabop xizmat ko‘rsatuvchi yirik kompaniyalari bilan yaqin hamkorligimiz tahsinga loyiq.
Universitet Sanderland shahar markazidan atigi o‘n daqiqa masofada bo‘lgan 300 million funt sterlingga baholanadigan kinoakademiya va Sixem studiyalari o‘rtasida joylashgan. U Ijodiy mahorat markazida mahalliy tashkilotlar va xalqaro assosiasiyalar bilan ish olib boradi. Loyihada jahon andozalariga mos, kino studiya majmuasini o‘z ichiga olgan kino va ommaviy axborot vositalari markazi, talabalar shaharchasi va o‘quv binolari, bog‘lar, mehmonxonalar va dam olish maskanlarini yaratish nazarda tutilgan.

BANGOR UNIVERSITETI, BUYUK BRITANIYA/ BIRLASHGAN QIROLLIK 

Bangor Universitetining tashkil topishi XIX asrning oxirlarida Uelsda amalga oshirilgan oliy ta'limni ta'minlash kompaniyasining bevosita natijasidir. Asosiy jamg‘arma Bangorda universitet darajasidagi kollejni ochish uchun ommaviy yig‘ilgan mablag‘lar edi. Jamg‘armaning muhim xususiyati mahalliy aholi, jumladan fermerlar va ishchilar qatlamining ma'lum bir muddatga mo‘ljallangan haftalik ish haqidan o‘z xohishlari bilan xayr-ehsonlar sifatida taqdim etganlari edi.

Universitet Shimoliy Uels universiteti kolleji sifatida tashkil etilgan. 1884 yil 18-oktabrda 58 nafar talaba va 10 nafar xodimlar bilan eski kooperasion xonada o‘z faoliyatini boshlagan. 1893 yilgacha Uels universitetida Bangor universiteti uning tarkibiy kollejiga aylangandan so‘ng, talabalar London Universiteti diplomini olgan.
Bugungi kunda universitetda 11 mingga yaqin talaba va 2000 nafardan ziyod xodimlar faoliyat olib boradi. Bangor universiteti yuqori sifatli o‘qitishni ta'minlash, yuqori sifatli tadqiqotlar olib borish, talabalarga yuqori darajada g‘amxo‘rlik qilish hamda Uelsning keng jamoatchiligida to‘la rol' o‘ynashni kafolatlaydi.

Erishilgan muvaffaqiyatlar

Bangor universitetiga 1884 yilda asos solingan. Universitet uzoq yillar mobaynida yetuk ilmiy salohiyat an'anasiga ega bo‘lish bilan birga, talabalar tajribalariga kuchli e'tibor qaratadi. Hozirgi kunda universitetda 11000 nafarga yaqin talabalar tahsil oladi, yigirma uchta yo‘nalishlar bo‘yicha 650 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib boradi. 2014 yilgi Research Excellence Framework (REF) ma'lumotlariga ko‘ra, Bangor universiteti Angliyadagi eng yaxshi ilmiy tadqiqotlar reytingida 40-o‘rinni egallaydi. REF ta'kidlashicha, Bangor universiteti tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning 80%dan (4/3qismi) ortig‘i dunyo hamda xalqaro miqyosida yetakchilik qilib qolmasdan, Buyuk Britaniya universitetlaridan ham ildamlab ketgan.
Joriy yilda Bangor universitetining talabalari o‘rtasida an'anaviy tarzda o‘tkazilgan so‘rovnomada aks etganidek, Bangor Buyuk Britaniyadagi nodavlat universitetlari orasida 8-o‘rinni va Uelsdagi ta'lim muassasalari orasida 2-o‘rinni egallaganiga guvoh bo‘lish mumkin.

Ta'limning oltin reytingi

Bangor universiteti o‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha milliy dasturida (TEF-National Teaching Excellence Framework) eng yuqori reytingga ega Oltin mukofotiga sazovor bo‘lgan. Bangor universiteti Uelsda ushbu standartga erishgan yagona universitetdir.
TEF baholashi ta'lim sifati, o‘quv muhiti va o‘quvchilarning natijalari va o‘rganish yutuqlarini hisobga olingan. Universitet talabalarimiz uchun izchil o‘qitish, o‘rganish va natijalarni taqdim qilish uchun baholanadi va bizning o‘qitish tizimi Buyuk Britaniyada eng yuqori sifat ko‘rsatkichga ega deb topilgan.

Oliy darajadagi kurslar va ma'ruzachilar

Biz san'at va fanlarning yuzlab kurslarini taklif etamiz. Biz o‘zimizning o‘qitish va kurslarimiz sifati bilan g‘ururlanamiz va o‘qituvchilarimizning bilim salohiyati bo‘yicha Buyuk Britaniyada uchinchi o‘rinni egalladi.

Barqarorlikni ta'minlash

Bangor universiteti barqaror Universitet sifatida butun dunyo bo‘ylab mashhur bo‘lishga sodiqdir. Biz qilayotgan ishlarning ko‘pi barqarorlikni hayotga olib chiqish istagimizdan kelib chiqadi; bizning o‘qitishni tadqiqotlarimiz yoki jamoat bilan hamkorlik qilish orqali amalga oshiramiz. Barqarorlik laboratoriyasini Universitetda barqarorlikning barcha jihatlariga yo‘naltirish maqsadida tashkil etdik. Atrof-muhitni boshqarish bo‘yicha ISO14001 va Yashil Dragon 5-darajali akkreditasiya bor va Universitas Indonesia UI Green Metric ga ko‘ra, dunyoning eng yashil universitetlari ichida eng yuqori ko‘rsatkichimiz 5 foiz.

TISSAYD UNIVERSITETI, BUYUK BRITANIYA / BIRLASHGAN QIROLLIK 

Dastlab Konstantin kolleji sifatida tashkil etilgan ushbu muassasa Uels shahzodasi, bo‘lajak qirol Edvard VIII tomonidan 1930 yil 2 iyulda rasmiy ravishda ochilgan. Tissayd 1969 yilda politexnikaga kolleji sifatida faoliyat yuritishni boshlagan. 1992 yilda esa Hususiy kengash Tissaydni universitet sifatida e'tirof etdi.
Tissayd universiteti talabalar, hamkorlar va jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy o‘sishiga hissa qo‘shadigan bilimlarni ishlab chiqadi va qo‘llaydi. Tadqiqotlar, innovasiyalar va biznes va kasblar bilan o‘zaro munosabatlar orqali boyitilgan ta'lim tufayli biz hayot va iqtisodiyotni o‘zgartirmoqdamiz.
Universitet mukofotlari:
Tissayd Universiteti o‘qituvchilarni rivojlantirish bo‘yicha yangi hukumat dasturida kumush reytingga sazovor bo‘ldi (2017).
2018 yilda Tissayd universiteti dunyoning eng yaxshi 1000 universiteti reytingiga kiritilgan.
Universitet Tayms(Times) jurnalining 2018 yilgi versiyasiga ko‘ra eng yaxshi oliy o‘quv yurtlari reytingida 151-200 o‘rinlar orasida. Reytinglar dunyoning 55 yoshdan 250 ta institutini o‘z ichiga olgan, 50 yoshdan oshmagan dunyodagi eng yaxshi universitetlarning to‘liq ro‘yxatini o‘z ichiga oladi.
Tissayd Buyuk Britaniyadagi o‘zining biznes xizmatlari uchun mijozlarni birinchi akkreditasiyadan o‘tkazgan kam sonli universitetlardan biridir. Bu Customer First mukofotining to‘rtinchi universitet mukofoti.
Stonewall nashrining so‘zlariga ko‘ra, Tissayd 2019 yilda Buyuk Britaniyadagi eng ko‘p ish beruvchilar uchun eng yaxshi 100 universitet orasida 47-o‘rinni egallaydi.
Tissayd universiteti ilmiy yutuqlar uchun Yevropa Komissiyasining mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Tissayd University yuqori va uzluksiz ta'lim uchun atrof-muhitni boshqarish va mukofotlash tizimidagi etakchi EcoCampus tomonidan olindi.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech