En

Sanderlend Universiteti 1901-yildan beri ta’lim berish jarayonida muhim rolni egallagan bo‘lib, 1992-yildan universitet sifatida faoliyat yuritishni boshlagan. Uning so'nggi kampusi 2012-yilda Londonda ochilgan.

Dunyo bo’ylab 20 000 ming talabalariga ega bo’lgan Sunderland universiteti 3ta o’quv korpusidan tashkil topgan bo’lib, ulardan 2tasi Sanderlendning shimoliy-sharqiy qirg'og'ida va uchinchisi  Londonda joylashgan.

Universitet dunyoning 15 mamlakatdagi oliy ta'lim muassasalari bilan global hamkorligida quyidagi muhim yo’nalishlarga, jumladan, ilm-fan, ilg'or ishlab chiqarish, dasturiy ta'minot, tadbirkorlik va innovatsiya hamda ijodiy sohalarda  dunyodagi yetakchi tadqiqotlar, biznesda axborot almashish sherikligi, xukumat va xususiy sohadagi mintaqaviy rahbarlar bilan hamkorlik qilish bo’yicha faoliyat olib boradi.

Sanderlend universiteti 1901 yildan buyon o'qitishda muhim rol o'ynaydi. 1992 yilda universitetga aylantirildi. So'nggi o’quv korpusi London shahrida 2012 yilda ochildi.

Sanderlend eramizning 674 yilidan boshlab muhim ta’lim markazi sifatida, Benedict Biskop qurdirgan mashhur Avliyo Petr cherkovi va monastiri yonidagi Janob Tom Koui kompusida joylashgan.

Universitet 1901 yildan buyon shaharni oliy ta’lim bilan ta’minlashga xizmat qilmoqda. Bunday uzoq va samarali faoliyat yuritishining asosiy omili, sobiq ta'lim kotibi Estel Morrisning ta'kidlaganidek, o'zgarishlarga moslashuvchanlik qobiliyatidir.

Universitet doimo yangilik va jamiyatdagi islohotlarga favqulodda juda moslashuvchandir…izlanuvchandir, olimlar tomonidan yangi g’oyalar e’lon qilingandan so’ng, albatta ularni hayotga tadbiq qilish uchun o’z-o’zidan ma’lumki ko’p vaqt talab etiladi, lekin Sanderlend o'z imkoniyatlarini ishga solib, maydonni boshqaradi".

Bunday yondashuv universitetga ko’plab nufuzli mukofotlarni taqdim etish bilan birga Hukumat tomonidan taklif etiladigan yangi tashabbuslar va loyihalar ustida ishlashni talab etadi.

Tadqiqotlarning umumiy sifati, miqdori va xilma-xilligi bo’yicha Buyuk Britaniyadagi eng yaxshi "yangi" universitetlardan biri bo'lishidan faxrlanamiz. Bizning biznes va sanoat sohalaridagi aloqalarimiz ham mustahkam. Biz dunyoning yetakchi sifatli va ommabop xizmat ko’rsatuvchi yirik kompaniyalari bilan yaqin hamkorligimiz tahsinga loyiq.

Universitet Sunderland shahar markazidan atigi o'n daqiqa masofada bo'lgan 300 million funt sterlingga baholanadigan kinoakademiya va Sixem studiyalari o’rtasida joylashgan. U Ijodiy mahorat makrazida mahalliy tashkilotlar va xalqaro assotsatsiyalar bilan ish olib boradi. Loyihada jahon andozalariga mos, kino studiya majmuasini o’z ichiga olgan kino va ommaviy axborot vositalari markazi, talabalar shaharchasi va o'quv binolari, bog'lar, mehmonxonalar va dam olish maskanlarini yaratish nazarda tutilgan.

2017-yilda Buyuk Britaniyaning “Top University Ranking” reyting tizimida 90-o'rinni egalladi.

Sanderlend Universiteti dasturlari:

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech