En

Talabalarni ish bilan ta'minlash

Talabalar uchun ma'lumot

Bizning maqsadimiz sizga ta'lim va kasbiy rivojlanish maqsadlaringizni ro’yobga chiqaradigan va mustahkamlaydigan ish topishga yordam berishdir.

TSMRIda o'qish paytida ishlash sizni nafaqat maosh bilan ta'minlaydi, balki qimmatli ko'nikmalarni rivojlantirishga, noyob tajriba orttirishga va rezyumeni to'ldirishga yordam beradi.

Karyera yarmarkalari

Karyera yarmarkalari – bu Kasb rivojlantirish markazi tomonidan muntazam o‘tkaziladigan tadbirdir. Tadbirning asosiy vazifasi ish beruvchilarga TSMRI talabalari va bitiruvchilari orasidan xodimlarni tanlash imkoniyatini berishdir.

Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi institutda yiliga ikki marta (bahor va kuzda) o‘tkaziladi. Ish beruvchilar roʻyxatiga respublikaning tijorat banklari va moliya muassasalari, ommaviy axborot vositalari va nashriyot firmalari, sanoat tashkilotlari, sayyohlik kompaniyalari va mehmonxonalar, shuningdek, davlat tashkilotlari va vazirliklar kiritilgan.

Bu talabalar uchun ish beruvchilar bilan suhbat orqali muloqot qilish, shuningdek, ishga yollash kompaniyalari vakillariga o‘z nomzodini taqdim etish va mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot olish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Institut hududida suhbat

Ham ish beruvchilar, ham talabalar uchun qulaylik yaratish maqsadida TSMRI Karyera Markazi institut hududida ishga joylashish uchun suhbatlar tashkil qiladi.

Ish beruvchi kompaniya taqdimotlar

Kompaniyalar uchun TSMRIga tashrif buyurib, ish beruvchi tashkilot faoliyati haqida umumiy ma'ruzalar/taqdimotlar o'tkazishlari va qiziqqan talabalar murojaat qilishlari maqsadida kasbiy rivojlanish imkoniyatlari haqida ma'lumot berishlari tavsiya etiladi. Taqdimotlar kuz va bahor semestrlarida har hafta (Professional thursday) o'tkaziladi va odatda bir soat davom etadi.

TSMRIda ishga joylashish

Talabalar uchun ish joylari va amaliyotlar TSMRI ma'muriy bo'limlaridagina taklif etiladi, bu holda sizning kordinatorlaringiz sizning dars jadvalingizga mos keladigan ish jadvalni topishga yordam beradi.

 MDIST CV NAMUNASI

Institut hududidan tashqari ish

Karyera markazi sizga Toshkent va viloyatlarda ish/amaliyot topishda yordam beradi.

Ish beruvchilar uchun ma'lumot

Qo'shimcha ma'lumot uchun TSMRI Karyera Markaziga quyidagi elektron pochta manzili orqali murojaat qiling: careercentre@mdis.uz

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech