En

Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti talabalar kengashi talabalar va ma’muriyat o‘rtasidagi mustahkam, samarali va demokratik ko‘prikdir. Kengash orqali talabalarning muammolari institute ma'muriyatiga yetkaziladi. Talabalar kengashi talabalarning o‘quv, ma’muriy va maishiy masalalarda rasmiy vakili hisoblanadi.

Talabalar kengashi raisi saylovi natijalari:

Talabalar kengashiga saylovlar yakunlandi, natijalarni e'lon qilish vaqti keldi.

Ovoz berish institutning Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan nazorat qilindi va unda hech qanday qoidabuzarlik va noxush hodisalar aniqlanmadi. 

Birlamchi munozaralar (debatlar) va umumiy saylovlarning natijalari quyidagilardan iborat:

“UNIOUTH” jamoasi 2021 yilgi Talabalar kengashi saylovlari g‘olibi deb topildi.

Biz barcha raqobatchi jamoalarga o'zlarining fidoyiliklari, jasorati va institutni yaxshilashga tayyorligi uchun samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Talabalar kengashining tarkibi:

Talabalar kengashi talabalar ehtiyojlarini qondirish va taqdim etilgan imkoniyatlardan foydalanishni ta'minlash uchun olti (6) sektordan tashkil topgan. Talabalar kengashi a'zolari talabalar huquqlarini himoya qilish va talabalarning umumiy farovonligini oshirish uchun mavzuli konsertlar, filmlar namoyishi, tanlovlar, to'garaklar va tadbirlarni tashkil etish va boshqarish huquqiga ega.

Talabalar kengashi raisi, rais o’rinbosari va quyidagi sektorlar bo‘yicha olti (6) yetakchidan iborat:

  1. Ta’lim;
  2. Madaniy va ma’rifiy tadbirlar;
  3. Xorijiy talabalar va yotoqxona masalalari;
  4. Sport va sog'liqni saqlash;
  5. Ijtimoiy farovonlik;
  6. Marketing.
APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech