En

2007-yil yanvar oyida O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov Singapur Respublikasining birinchi Prezidenti janob S.R. Natanning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Singapurga keldi. Tashrif chog'ida O'zbekiston-Singapur hamkorligini kengaytirish masalalari, tomonlarni qiziqtirgan xalqaro ahamiyatga molik dolzarb muammolar muhokama qilindi.

Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 5-sentabrdagi qabul qilingan PQ-691-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

TSMRI (Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti) O'zbekiston va boshqa MDH mamlakatlari fuqarolari uchun Tadbirkorlik va menejment, Biznes va marketing, Bank va moliya, Buxgalteriya va moliya, Biznesda hisob-kitob, Xalqaro mehmondo'stlikni boshqarish sohalarida akademik dasturlar orqali Buyuk Britaniya universitetlari bilan hamkorlik qilgan holda professional rivojlanish imkoniyatini yaratmoqda.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech