En

Talabalarga xizmat ko’rsatish bo’limi TSMRI bakalavr va magistrlik darajasida tehsil olayotgan talabalarni TTJ yotoqxonasiga qabul qilishni nazorat qiladi, shuningdek, talabalar turar joylarini ro’yxatdan o’tkazish va fuqarolarni talabalar turar joylariga joylashtirishni boshqaradi.

TTJ dagi masalalar bo’yicha Talabalarga xizmat ko’rsatish bo’limiga murojaat qiling.

TSMRI talabalar turar joyi uch (3) qavatli qulay yotoqxona bo’lib, 140 nafargacha talabani o’z ichiga sig’dira oladi. TSMRI talabalar TTJ da qulay yashashlari uchun barcha yuqori sifatli sharoitlar bilan ta’minlaydi.

Yotoqxona ma’muriyati tomonidan qat’iy qonun-qoidalar o’rnatilgan va unga ko’ra talabalar qat’iy tartib-intizomga rioya qilishlari shart. Yotoqxona hududida 24 soatlik xavfsizlik xizmati mavjud. Norezidentlar va shaxsni tasdiqlovchi hujjatga ega bo’lmagan shaxslar yotoqxonaga kirishlari qat’iyan ma’n etiladi.

Ayollar va erkaklar alohida qavatlarda istiqomat qilishadi: binoning birinchi va uchinchi qavatlari erkaklar uchun, ikkinchi qavat esa ayollar uchun mo’ljallangan. Yotoqxona xonalarining aksariyati ikki kishilik, biriktirilgan hammom va har bir xonada asosiy qulayliklar mavjud.

Talabalar uchun yotoqxonada o'z-o'ziga xizmat ko'rsatishga mo’ljallangan keng oshxonalar mavjud. Har bir qavatda muzlatgichlar, mikroto'lqinli pechlar va elektr plitalar bilan jihozlangan ikkita oshxona mavjud. Kir yuvish xonalari TTJ talabalari uchun bepul taqdim etiladi.

Talabalar hayoti hayajon va quvnoqlik bilan to'la bo'lib, talabalar o'qishdan bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari uchun tadbirlar mavjud. Yotoqxonada turli xil qiziqishlarga ega yangi do'stlar orttirish uchun ko'plab imkoniyatlar mavjud.

Talabalar yotoqxonasi metro, bozor va do'konlardan qulay piyoda masofada joylashgan. Talabalar darsdan bo‘sh vaqtlarida sport markazi imkoniyatlaridan foydalanishlari mumkin. Do'stona muhit tufayli talabalar TSMRI da vaqt o’tkazishdan zavqlanishadi. Talabalar kengashining “Talabalar turar joyi” yetakchisi talabalarni qo‘llab-quvvatlash va yordam ko‘rsatishga mas’ul bo‘lib, yotoqxonada yashovchi talabalar hayotini boyitishga intiladi.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech