Ру En
18 Noyabr 2022 814

TOSHKENT VILOYATI BO‘STONLIQ TUMANI TINGLOVCHILARI UCHUN IKKI KUNLIK MALAKA OSHIRISH KURSLARINI MUVAFFAQIYATLI O‘TKAZDI.

2022-yil 12-13-noyabr kunlari Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti Turizm va madaniy meros vazirligi, Bo‘stonliq tumani hokimligi va Chorvoq TRZ bilan hamkorlikda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani tinglovchilari uchun ikki kunlik malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli o‘tkazdi.
Mazkur kurslarning asosiy maqsadi Bo‘stonliq viloyatida yuqori malakali kadrlarni shakllantirish, talabalarni o'qitish va turizm sohasi xodimlari malakasini oshirishdan iborat edi. TSMRIning innovatsion malaka oshirish dasturi Fransiya va turizm sektori rivojlangan boshqa mamlakatlardagi turizm va mehmondo‘stlik sohasidagi yetakchi oliy o'quv muassasalari o‘qitish metodlariga asoslangan. Kurslar xorijiy TSMRI mutaxassislari, shuningdek, turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishi bo‘yicha xorijda yetakchi oliy o‘quv yurtlarida malaka oshirgan mahalliy o‘qituvchilar tomonidan olib borildi.
Kurslarning birinchi kunida TSMRI o‘qituvchilari xizmat ko‘rsatish sohasida turizmining istiqboldagi tendentsiyalari, raqamli va yo'nalish marketingi hamda ishbilarmonlik kommunikatsiyasi psixologiyasi va xizmat ko‘rsatish sifatini boshqarish bo'yicha treninglar o'tkazishdi.
Ikkinchi kuni Bo‘stonliq tumani Turizm va mehmondo‘stlik kolleji ma’muriyati va talabalari hamda taklif etilgan mehmonxona menejerlari TSMRIga tashrif buyurishdi. Turizm va mehmondo‘stlik laboratoriyalarida va kompyuter sinflarida ma’ruzalar va mahorat darslari tashkil etildi. Kurslarning barcha ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi.
O'tilgan kurslar natijalariga ko‘ra Bo‘stonliq tumani Turizm va mehmondo‘stlik kolleji TSMRI bilan hamkorlikni davom ettirish maqsadida tashabbus va tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzolashni taklif qildi.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech