En

Onlayn Ro’yhatdan o’tish:

Qabul muddati: 2023-yil 15-iyundan 15-avgustgacha

(Qabul kunlari SMRI(Singapur Respublikasi) tomonidan o’zgarishi mumkin).Onlayn ro’yhatdan o’tish uchun abituriyentlar quyidagi talablarga javob berishlari kerak:

 

  1. O’zbekiston yoki xalqaro universitetlardan bakalavr diplomiga ega bo‘lishi (GPA of 2.5 or UK2:2);
  2. 6.0 va undan yuqori ball bo‘lgan IELTS sertifikatiga ega bo‘lishi kerak (har bir komponenti 5.5 balldan kam bo‘lmasligi zarur);
  3. Quyidagi hollarda Magistratura dasturlariga o’qishga topshirayotgan abituriyentlardan ingliz tilini bilish darajasi hamkor universitetlar tomonidan talab etilmasligi mumkin:
  1. Ingliz tilida so’zlashadigan, davlat tili ingliz tili bo’lgan mamlakatlarda akkreditatsiyadan o’tgan, hamda barcha darslari ingliz tilida o’qitiladigan va baholanadigan universitetlar tomonidan beriladigan daraja yoki diplomga ega bo’lgan taqdirlarida.
  2. Ingliz tilida so’zlashmaydigan, davlat tili ingliz tili bo’lmagan mamlakatlarda akkreditatsiyadan o’tgan, ammo barcha darslari ingliz tilida o’qitiladigan va baholanadigan universitetlar tomonidan beriladigan daraja yoki diplomga ega bo’lgan taqdirlarida (O’qitilgan dasturlarning ingliz tilida o’tilganini tasdiqlovchi qo’llanma xati taqdim etilishi kerak).
  3. Abituriyentlarga alohida SMRI(Singapur Respublikasi ) hamda hamkor universitetlar tomonidan qo’chimcha talablar qo’yilishi mumkin.
  4. Abituriyentlar Sanderlend Universititetiga eng kamida olti (6) oylik tegishli mutaxassislik bo’yicha yoki boshqaruv darajasidagi ish tajribasiga ekanligini tasdiqlovchi CV/Rezyume hamda rasmiy xatni taqdim etishlari kerak bo’ladi. (Agar nomzodlar akademik talablarga javob bera olmasalar, unday holda har bir nomzod uchun alohida ularning besh(5) yil hamda undan ortiqroq boshqaruv darajasida yoki mutaxassisliklari bo’yicha mukammal faoliyat yuritganliklari va orttirgan tajribalaridan kelib chiqib qaror qabul qilinishi mumkin).;
  5. Taqdim etlayotgan barcha dasturlari uchun, abituriyentlar Sanderland Universitetining onlayn portalidan foydalanishlari va agar hujjatlar ingliz tilida bo’lmagan(Uzbek/Rus va boshqa) vaziyatda ularning barchasini to’liq ingliz tiliga tarjima qilingan hamda notariusdan tasdiqlangan ko’rinishda yuklashlari so’raladi.Abituriyentlar onlayn ro’yhatdan o’tish davomida quyidagi hujjatlarning PDF formatidagi nusxalarini yuklashlari lozim :
  • Rektor nomiga ariza;
  • Passport (doimiy yashash manzili ko’rsatilgan holda);
  • Bakalavr darajasini tasdiqlovchi Diplom va uning ilovasi (Ingliz tiliga tarjima qilingan va notarius tomonidan tasdiqlangan bo’lishi lozim).
  • Batafsil yoritilgan Rezyume yoki Tarjimai hol
  • Kamida olti(olti) oylik ish tajribasiga ega ekanligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
  • 0 va undan yuqori ball bo’lgan IELTS sertifikati(har bir bandi 5.5dan kam bo’lmasligi kerak);
  • Rasm (3.5X4.5 hajmda, JPEG formatda);
  • Hamkor universitetlarning ariza shakllari.
APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech