En

 

Umumta'lim kursi - bu bir yil ichida yakunlanishi mumkin bo'lgan dastur bo’lib, u har semestrda 3 yoki 4 moduldan jami 7 ta modulidan iboratdir.

Umumta'lim kursi uchun qabul 1 Ьфке kunidan to 15 avgust kuniga qadar davom etadi.

Dasturning asosiy maqsadlari:

  • Talabalarnning ingliz tili va aloqa ko'nikmalarini yaxshilash uchun moslashuvchan tuzilgan o'quv dasturlarni taqdim etish;
  • Asosiy biznes tadqiqotlarida puxta bilimlar bazasini yaratish va biznesning asosiy tushunchalari haqida ma'lumot berish;
  • Ijodiy munosabat, ochiq fikr va biznesga oid ko’nikmalarni rivojlantirishni rag'batlantirish;
  • Talabalarga tashkilotlarning qanday qilib samarali boshqarilishini hamda menejerlik karyerasini boshlash va qo'llab-quvvatlashga yo’naltirilgan bilim va ko’nikmalarni berish.

 

 Dasturning aniq natijalari:

 

Dastur tinglovchilari quyidagi yo'nalishlar bo'yicha bilim va ko'nikmalarni rivojlantirishlari uchun imkoniyatiga egadirlar:

  • Bisnezda aloqa, biznesda ingliz tili va biznesning asosiy tushunchalari.
  • Tinglovchilarda biznes, marketing, tadbirkorlik va menejmentga bo'lgan qiziqishni rivojlantirish.
  • Tinglovchilarda bilimlarni amalda qo'llash qobiliyatini berish.

Qabulga ariza topshirish uchun abituriyentlardan quyidagi hujjatlarni onlayn tarzda tizimga yuklashlari talab etiladi:

 

  1. Pasport nusxasi (ro’yxatga olingan manzili yani propiska ko’rsatilgan joyi bilan) (PDF);

 

  1. Ingliz tili bilim darajasini tasdiqlovchi sertifikat:

- MDIS English Test - 5.5 va yuqori yoki

- IELTS - 5.5 va yuqori (British Council/ IDP) (PDF);

- TOEFL IBT 46-59/PBT 453-496  va yuqori

 

  1. Rasm 3.5x4.5 (JPEG).

 

4️. O‘rta-maxsus ta'limni yakunlaganligi haqida shahodatnoma yoki diplom (ingliz tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan, agar ingliz tilida bo’lsa, shart emas) (PDF);

 

Agar o‘rta-maxsus ta'limni yakunlaganligi haqida shahodatnoma yoki diplom berilmagan bo’lsa, lekin bitiruvchi bo’lsangiz, “bitiruvchi ekaningiz haqida ma’lumotnoma” yuklashingiz mumkin

 

Ushbu hujjatlarni birontasi yo’q bo’lsa, hujjatlar qabul qilinmaydi.

Ro’yhatdan o’tish jarayoni.

SMRI(Singapur Respublikasi) Markaziy Ro’yhatga olish bo’limi  TSMRI(O’zbekiston Respublikasi)ning Markaziy Ro’yhatga olish bo’limiga abitureyentlarning hujjatlari holati bo’yicha  Shartsiz qabul*/Shartli**qabul va Rad qilinganligini tasdiqlovchi xabarlarni yuboradilar. SMRI (Singapur Respublikasi) Markaziy Ro’yhatga olish bo’limi abituriyentlarning hujjatlari holatiga doir xabarlarni Inet sistemasida yangilab boradilar.

 

*Shartsiz qabul qilinganlik: Abituriyent hujjatlarni to’liq topshirganiniva hujjatlar orasida kamchilik bo’lmaganligini bildiradi.

** Shartli qabul qilinganlik: Abituriyent hujjatlarni orasida ayrim hujjatlar yetishmaganida va hujjatlarda kamchilikga yo’l qo’yilganini bildiradi .(Masalan:Diplom yuklanmaganda)

*** Rad etilganlik: Abituriyentning hujjatlari qabul talablariga javob bermaganida.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech