En

O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universitetini bitirganidan so’ng (1993-1998 yillarda ingliz filologiyasi magistri va tilshunoslik bo'yicha bakalavr), u o'qituvchilik faoliyatini Toshkent shahridagi O'zbek-Turk iqtisodiyot litseyidan boshladi. Oliy o'quv yurtlarida (Jahon tillari universiteti, Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti) yigirma yillik o'qitish tajribasiga ega bo'lib, ESP, EAP, Integrallashtirilgan ta’lim, PD (professional rivojlanish), Sinov va baholash mezonlari, o’quv materiallari ustida ishlash, ingliz tilini o’qitishda AKT dan foydlanish kabi sohalarda ta’lim berib keladi.

U AQShning Temple Universitetida metodologiya bo'yicha qo'shimcha kurslarda o'qishni davom ettirdi (2000-2003). Bundan tashqari, Britaniya Kengashining TTT (Train the Trainer) dasturini East Anglia Universitetida (Buyuk Britaniya) o’qish uchun stipendiya yutib oldi. U Markaziy Osiyo, jumladan O’zbekiston va Tojikiston qator OTMlarida o'qituvchilar malakasini oshirish trening kurslarini olib borgan, shuningdek Britaniya Kengashi nomidan harbiylar uchun ingliz tili dasturi (NATO) hamda Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasida ESP dan dars bergan.

U Britaniya Kengashi tomonidan tasdiqlangan IELTS Treneri bo'lib, Britaniya Kengashi tomonidan akreditatsiyadan o’tgan muassasalarda IELTS bo’yicha o'quv kurslarini ham o'tkazadi.

Hozirda u Britaniya Kengashi, Innovatsiyalar vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi (Creative Spark) va DUET, TTT, IELTS Learner and Teacher Training (Britaniya Kengashi) va On-line Maktab (Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti va Xalq ta'limi vazirligi) ning qo'shma loyihalarida faol ishtirok etib kelmoqda.

 

MA’LUMOTI

Ingliz filologiyasi bo'yicha Magistrlik darajasi (O'zDJTU)

Metodologiy kurslari (Temple Universiteti, AQSh)

TTT (Train the Trainer) kurslari NILE (East Anglia Universiteti, Buyuk Britaniya)

TADQIQOT SOHALARI

Baholash mezonlari, doimiy kasbiy rivojlanish (CPD), talabalar avtonomiyasi, o'qitish strategiyalari, o’quv materiallari ustida ishlash va loyihalash, pedagogika va andragogika.

MUKOFOTLAR/ KONFERENTSIYALAR

  • Murad Ismailov & Emine Sheykhametova 2021. How to become a professional English language teacher? Ingliz tili ustozlari uchun onlayn vebinar. Cambridge School. Toshkent 13 Mart, 2021.
  • Global IELTS Train the Trainer course. Global IELT Trenerlar kursi Britaniya Kengashi, 2019.
  • O’zbekiston Prezident maktablari Liderlari va O’qituvchilarini tayyorlov treningi. Xalq ta’limi vazirligi va Cambridge Assessment International Education (Angliya) Toshkent, O’zbekiston 2019.
  • InSETT (In-Service Teacher Training) va TTT. Britaniya Kengashi Dushanbe, Tojikistan 2008-2015.
  • 2013 Yil O’qituvchisi Mukofoti. Fond Forum and Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi.
  • 2010 Eng Yaxshi Yoshlar Treneri Mukofoti. UNESCO, UNICEF and Fond Forum.

MUTAXASSISLIK

EAP, ESP, EOP, ICT in ELT and Communication Skills.

 

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech