En
16 Sentyabr 2023 465

UZUM SAYLI 2023

"Uzum sayli-2023"

15-sentabr kuni Toshkent viloyatining eko va agroturizm salohiyatini namoyon etish maqsadida Parkent tumanida “Uzum sayli” xalqaro festivali boshlandi.

Mamlakatimizning turizm salohiyatini namoyish etish, qadimiy uzumchilik, vinochilik tajribasi, bog‘dorchilik mahsulotlarining noyob turlari va navlarini keng ommalashtirishga qaratilgan festival doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, biznes-seminarlar, xorijiy va mahalliy yetakchi mutaxassislarning mahorat darslari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. 

Jumladan, folklor jamoalar va estrada san’atkorlarining chiqishlari, xalq urf-odatlari va an’analarini aks ettiruvchi madaniy dasturlar tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. 

Xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi elchixonalari, nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari, Italiyaning vinochilik uyushmasi rahbari Leonardo Kommuchi, Serbiya respublikasining uzumchilik yo‘nalishi bo‘yicha ilg‘or tadbirkorlaridan biri Sasha Djonik, Rossiya Federatsiyasining Kalmik davlat universiteti rektori maslahatchisi Baatr Ochirov ma’ruzachi sifatida qatnashyapti. Koreya, Singapur, Belorus, Gruziya, Ozarbayjon kabi 30 dan ortiq davlatlarning vinochilik sohasida yirik va yetakchi hisoblangan kompaniyalar vakillari ham ishtirok etmoqda. 

Mazkur tadbirda Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti rahbariyati, professor o’qituvchilari, Dubay, Quvayt, Turkiya va boshqa mamlakatlardan tashrif buyurgan mehmonlar va xorijiy ekspertlar, institut talabalari bilan ishtirok etildi.

Xususan, festivalning ochilish qismida ishtirok etib, sohaga oid ma’lumot va raqamlar haqida yig‘ilganlar bilan bo‘lishdim. Bundan tashqari, tashkil etilgan seminarlarda talabalarimiz va xodimlarimiz qatnashishmoqda. 

Yanada e’tiborli tomoni, dastur davomida ikki nafar professor-o‘qituvchilarimiz — Asgar Mahmud Sufyan hamda Farid Jamali turizm sohasi bo‘yicha ma’ruzachilar qatoridan o‘rin olishgan.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech