En
21 Oktyabr 2023 431

UNWTO

UNWTO: Turizm rivoji uchun katta qadam

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi to‘rtinchi kunining muhim voqealaridan biri Global ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi.

Unda 140 ta davlatdan delegatlar, turizm vazirlari va turizm ma’muriyatlari rahbarlari, xalqaro va mahalliy tashkilotlar, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Forumda turizm sanoati kelajagini shakllantirishda ta’lim dasturlarining strategiyasi va roli, shuningdek, bu boradagi maqsadlar, qarashlar va amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

E’tiborli tomoni, forum doirasida institutimiz faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladigan natijalarga erishdik. Ulardan biri — O‘zbekiston mehmonxonalar uyushmasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu tarixiy lahza turizm, menejment va biznesni rivojlantirishga qaratilgan hamkorlikning yangi bosqichini anglatadi.

Bundan tashqari, xalqaro hamkorlik doirasida Qozog‘istonning Turizm va mehmondo‘stlik xalqaro universiteti bilan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Ushbu hamkorlik memorandumlari asosida turizm va mehmondoʻstlik, biznes va menejment sohalarida axborot va amaliy almashinuvni, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlikni rivojlantirish hamda talabalarga madaniy almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yishdan iboratdir.

Shuningdek, forum davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PQ135-son qarori ijrosi yuzasidan mamlakatimizda turizmni rivojlantirish uchun mas'ul OTMlar rektorlari sammiti o‘tkazildi.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech