Ру En
21 Oktyabr 2022 883

TSMRI BIZNES INKUBATORIDA STARTUP CAMPUS INNOVATSION AGENTLIGI (VENGRIYA) VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI.

2022-yilning 20-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan InnoWeek 2022 xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida TSMRI Biznes inkubatorida Startup Campus innovatsion agentligi (Vengriya) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“Startup Campus” innovatsion agentligi (Vengriya) xalqaro innovatsion markaz va startap inkubator boʻlib, universitetlar, korporatsiyalar va davlat hamkorlari uchun innovatsion dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi hamda innovatsion loyihalarni taʼlim dasturlari, inkubatsiya dasturlari, investitsiyalar, sotish va tashqi bozorga chiqarish orqali qoʻllab-quvvatlaydi.

Uchrashuv davomida “Startap Campus” innovatsiyalar agentligi vakillari TSMRI Biznes-inkubator rezidentlarini Vengriya Respublikasi Tashqi ishlar va savdo vazirligi va O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanishi Vazirligi ko‘magida tashkil etilgan O‘zbekiston-Vengriya startap dasturida ishtirok etishga taklif qilishdi.

Dastur boshlang‘ich loyihalarning xorij bozorlariga chiqishiga ko‘maklashish va ikki davlat o‘rtasidagi biznes aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan.

Ikkala tomon ham samarali hamkorlikka umid bildirdi.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech