Ру En
26 Sentyabr 2022 927

TSMRI BIZNES-INKUBATOR REZIDENTLARI “SUMMER LEADERSHIP BOOTCAMP”DA QATNASHDI.

TSMRI Biznes-inkubator rezidentlari va TSMRI talabalari Ro‘zmatov Baxrom va Shoxruhxon Umarovlarni 2022-yil 4-10-sentabr kunlari Gruziyaning Batumi shahrida bo‘lib o‘tgan va UZVC Milliy Venchur Fondi tashabbusi bilan, UC Berkley University, United States Market Access Center “USMAC” and European Innovation Academy bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Summer Leadership Bootcamp” xalqaro ta’lim dasturiga yuborish taklifini qabul qildi.

Dasturning maqsadi:
• Silikon vodiysidagi ustozlar yordamida innovatsion ishbilarmonlar va startaplarga innovatsiyalar sohasida tan olingan yetakchilarga aylanishga va tadbirkorlik fikrlashni rivojlantirishga yordam berish.
• Mavjud va kelajakdagi startaplarning loyihalarini boshqarishda xalqaro talabalarda yetakchilik fazilatlarini rivojlantirish.
• Innovatsion g‘oyalarni jahon bozoriga olib chiqish

TSMRI Biznes Inkubatori rezidentlarining startap loyihalari ishtirokchilar, rasmiy homiylar, Silikon vodiysi ustozlari va xalqaro taʼlim dasturi tashkilotchilari orasida keng eʼtirofga sazovor boʻldi.

TSMRI Biznes-inkubatori rezidentlari loyihalarining xalqaro miqyosda tan olinishi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga, shuningdek, talabalar loyihalarini xalqaro miqyosda kengaytirish istiqbollariga xizmat qildi.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech