En
21 Dekabr 2021 1455

TSMRIDA TALABALAR VA BITIRUVCHILAR UCHUN "MEHNAT YARMARKASI" O'TKAZILDI.

Joriy yilning 21-dekabr kuni Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida yuqori bosqich va bitiruvchi talabalari uchun qishki "Mehnat yarmarkasi" o'tkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi ish beruvchilarga Institut talabalari va bitiruvchilaridan taklif etilgan tashkilotlarga mos keladigan professional va yuqori malakali kadrlarni topishda yordam berishdan iborat.

Tadbirda O'zbekiston iqtisodiyotining turli sohalarini qamrab oluvchi ellikdan ortiq ish beruvchi tashkilotlari: davlat sektori, bank-moliya sektori, marketing, turizm va mehmonxona boshqaruvi, shuningdek, sanoat va xususiy tadbirkorlik vakillari ishtirok etdilar. Tadbirda talabalar va bitiruvchilarga bo'sh ish o'rinlari va undan keyingi ishga joylashish imkoniyatlari haqida ma'lumot berish uchun yarmarkada qatnashayotgan tashkilotlar tomonidan taqdimotlar hamda Institut talabalari bilan suhbatlar o'tkazildi.

Bu kabi tadbirlarning oxirgi 11 yil davomida muntazam o'tkazilib kelinishi mehnat bozoridagi eng so'nggi o'zgarishlarni kuzatish imkonini bermoqda, shuningdek, ish beruvchilarning talablarini inobatga olgan holda institut talabalari va bitiruvchilarini sifatli tayyorlashga zamin yaratadi

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech