En
29 Avgust 2023 797

“IV MILLENIALLS TOURISM FESTIVAL” XALQARO YOSHLAR FESTIVALI

So‘nggi yillarda Respublikamizda turizm sohasini yanada takomillashtirishga, turizm va mehmondo‘stlik xizmatlarini xalqaro darajaga olib chiqishga alohida e’tibor berilmoqda. Buning isboti o‘laroq, Prezidentimizning 2023 yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-135-sonli qarori qabul qilindi. 

Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida TSMRIda joriy yilning 23-26-avgust kunlari “IV Millenialls Tourism Festival” xalqaro yoshlar festivali o‘tkazildi. Festival doirasida 23 avgust kuni “Turizmning istiqbollari — innovatsiya va barqarorlikda” mavzusida xalqaro konferensiya tashkillashtirildi. E'tiborli tomoni, festivalda turizmga ixtisoslashgan mahalliy OTMlardan tashqari, Singapur, Turkiya, Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikistondan ham vakillar ishtirok etishdi.

Festivalning ikkinchi kunida Toshkent viloyati hokimiyati bilan hamkorlmkda mehmonlarga Parkent tumaniga sayohat uyushtirildi. Festival ishtirokchilari Parkent tumanining Fizika-quyosh instituti, So‘qoq qishlog‘ining ajoyib tabiati, Zarkent qishlog‘ining uzumchilik xo‘jaliklari bilan yaqindan tanishib chiqish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Undan tashqari, So‘qoq qishlog‘ida gastronomik turizmni targ‘ib etish doirasida o‘zbek milliy taomlaridan tatib ko‘rishdi.

Festivalning uchinchi kunida mehmonlarga “Husma” mehmonxonasining hududida mehmondo‘stlik sohasi bo‘yicha mahorat darslari va amaliy treninglar tashkil etildi. Bundan tashqari, Qirg‘izston universiteti vakili tomonidan “Bukskraping” bo‘yicha master klass o‘tib berildi.

Festivalning yakuniga mehmonlar uchun Toshkent to‘y oshi tayyorlash bo‘yicha master klass o‘tildi va mehmonlarga xayrlashuv kechasi asnosida dasturxonlarga osh tortildi. 

Barcha festival qatnashuvchilari sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan rektor tomonidan taqdirlanishdi.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech