En
20 Dekabr 2022 3121

INSONGA E’TIBOR VA SIFATLI TA’LIM.

Davlatimiz rahbarining 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida an’anaviy tarzda o‘tgan yil yakunlari sarhisob qilinib, kelgusi yilga maqsad va vazifalar belgilab berildi.
Prezidentimiz 2023-yilni “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” yili deb e’lon qildilar.

“Ta’lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lidir.” deya ta'kidladilar Yurtboshimiz.
Buyuk shoir va mutafakkir Yusuf Xos Hojibdan iqtibos keltirgan holda: “Zakovat bor joyda ulug‘lik bo‘ladi,
Bilim bor joyda buyuklik bo‘ladi.”, dedilar davlatimiz rahbari. Shuningdek, bu maqsadlarga erishish uchun bu sohada boshlangan islohotlarni davom ettirish, ustoz va murabbiylar bilan ko‘proq uchrashish, mavjud muammolarni birgalikda hal etish, bu boradagi vazifalarni hayotga tatbiq etishga ko‘maklashish zarurligini ta’kidladilar.

«Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot-bilimda. Chunki, barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi.» Jadidlar bobolarimizning bu so‘zlari deputat va senatorlar, siyosiy partiyalar, mahalliy Kengashlar, butun davlat apparati, jamoatchilik uchun amaliy qo‘llanma bo‘lishi kerak. Shuning bilan birga, maktablarda ta’lim sifati hamda jamiyatda o‘qituvchi kasbi nufuzini oshirish, ularning mehnat hamda hayotiy sharoitlarini yaxshilash 2023-yildagi eng asosiy vazifalarimizdan biri bo‘ladi.
Hozirgi ochiqlik siyosati, chet el investitsiyalari va yangi korxonalarning ortib borayotgani yoshlarimizni zamonaviy bilimlar va xorijiy tillarni o‘rganishga undamoqda. Shu bois, maktablarga yuqori malakali xorijiy o‘qituvchilarni olib kelishga majbur bo‘lyapmiz.

Ta’lim sohasidagi navbatdagi muhim yo‘nalish, bu – yoshlarning zamonaviy kasb-hunar egallashi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat.
So‘nggi yillarda mamlakatimizdagi oliy o‘quv yurtlari soni 2,5 barobarga – 198 taga, oliy ta’lim bilan qamrab olish 9 foizdan 38 foizga oshdi. 41 ta universitet akademik va moliyaviy taraflama mustaqillikka erishdi, ularda transformatsiya boʻlimlari ochildi. Bu jarayonlarda rektorlar, professor-o‘qituvchilar ham faol ishtirok etishi, yangi, ilg‘or uslublarni joriy etishi zarur. Kelgusi yilda oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun imtiyozli ta’lim kreditlari uchun ajratiladigan mablag‘lar ikki baravar ko‘payib, jami 1,7 trillion so‘m, fan va innovatsiyalarga 1,8 trillion so‘m yo‘naltiriladi.

Jamiyatimizning ma’naviy-axloqiy asoslarini mustahkamlash, madaniyat sohasini rivojlantirish, ilmiy va ijodiy tashkilotlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash ham ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qoladi.

Shu bois, qanchalik qiyin bo‘lmasin, tanlagan yo‘limizdan hech qachon ortga qaytmaymiz. Ko‘zlagan marralarimizga albatta yetamiz. Bu yo‘lda niyati ulug‘, qalbi pok, mehnatkash xalqimizga tayanamiz.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech