En
19 Fevral 2024 530

AXBOROT XATI: “MANAGEMENT, MARKETING AND FINANCE” INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL"

“Management, Marketing and Finance”

International Scientific Journal

     

AXBOROT XATI

 

Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti ilmiy hamkorligida “Management, Marketing and Finance” (“Menejment, Marketing va Moliya”) xalqaro ilmiy jurnali ta’sis etildi.

“Management, Marketing and Finance” xalqaro ilmiy jurnali oliy ta’1im muassasalarining professor-oʻqituvchilari va ilmiy izlanuvchilari tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini ilmiy maqola tarzida chop etadi. Shuningdek jurnalga ishlab chiqarish tashkilotlari va korxonalarida faoliyat koʻrsatib, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan hodimlarning ham ilmiy maqolalari kiritiladi.

“Management, Marketing and Finance” xalqaro ilmiy jurnali quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha maqolalar qabul qiladi:

05.00.00 - TEXNIKA fanlari;

08.00.00 - IQTISODIYOT fanlari;

12.00.00 - YURIDIK(Huquq) fanlari.

Jurnalning rasmiy tillari: oʻzbek, ingliz, rus.

 

“Management, Marketing and Finance” xalqaro ilmiy jurnaliga chop etishga taqdim etiladigan ilmiy maqolalarga qoʻyiladigan texnik talablar:

 

- maqolalar ilmiy jurnal yoʻnalishlariga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlil va tugallangan fikrlar asosida amaliy tavsiyalar bilan taqdim etilishi lozim.

- maqolalar hajmi – 5 betdan ortiq boʻlmasligi lozim.

- matn formati: MS Word, Times New Roman shrifti, 12 kegl kattalikda boʻlishi kerak. Satrlar oralig‘i 1,5 interval. Chegara oʻlchovlari: barcha tomondan – 2 sm. Matn boshlanishida 1 sm satr boshi tashlanadi.

- rasm va jadvallar nomlanishi arab raqamlari bilan belgilanishi (1-rasm, 1-jadval va h.k.), maqola matnida ularga havola etish lozim; jadvallar ichidagi yozuvlar 12 kegl boʻlishi kerak. Foydalanilgan adabiyotlarga matnda havola beriladi.

- maqola nomi va muallif (hammualliflar)ning familiyasi, ismi-sharifi katta harflar bilan 12 keglda (ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, ish joyi, lavozimi, telefon raqami, e-mail kichik harflar bilan) oʻrta qismiga joylashtiriladi.

“Management, Marketing and Finance” xalqaro ilmiy jurnalida har bir maqolaga DOI raqam olinib, Polshaning Indeks Copernikus(OAK12), Yevropaning Zenodo va Open Aire, Rossiyaning Cyberlinenka, Angliyaning Europub xalqaro ilmiy bazalariga va www.jmmf.uz saytiga joylanadi, Google akademiya xalqaro ilmiy qidiruv tizimida indekslanadi.

Har bir muallif bir vaqtning oʻzida yakka va hammualliflikda maqola bilan qatnashishi mumkin.


 

MAQOLALAR QABULI

 

Maqola elektron shaklda +998 88 710 96 54 (https://t.me/MMM_journal) telegram profili orqali qabul qilinadi. Shuningdek maqolalar journalmmf@gmail.com elektron manzillariga yuborilishi mumkin.

Shuningdek maqolalar journalmmf@gmail.com elektron manzillariga yuborilishi mumkin.

Maqolalar har oyning 25-kuniga qadar qabul qilinadi.

Jurnalning nashr etilish sanasi: har oyning soʻnggi sanasi.

 

Ilmiy jurnalning asl nusxalari mualliflarga, buyurtmachilarga, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti Axborot-resurs markaziga beriladi. Elektron shaklda Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti va “Management, Marketing and Finance” xalqaro ilmiy jurnalining saytlarida joylashtiriladi.

“Management, Marketing and Finance” xalqaro ilmiy jurnalida bir maqola uchun nashr xarajati – 350 000 soʻmni tashkil etadi.

Jurnalning rasmiy sayti: https://jmmf.uz

Ma’lumot uchun telefonlar: +998 88 710 96 54; +998 90 992 00 95 (MDIST);

 

 

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech