Talabalikka tavsiya qilingan abituriyentlar shartnomalarini o’rnatilgan tartibda TSMRIning binosidan olib ketishlari mumkin. Abituriyentlar to’lov kontrakt summasini bo’lib-bo’lib to’lashlari mumkin.
Abituriyentlar shartnoma imzolash uchun quyidagi hujjatlarning asl nusxasini topshirishlari lozim:
-
Rektor nomiga ariza;
-
Passport (doimiy yashash manzili ko’rsatilgan holda);
-
Bakalavr darajasini tasdiqlovchi Diplom va uning ilovasi (Ingliz tiliga tarjima qilingan va notarius tomonidan tasdiqlangan bo’lishi lozim).
-
6.0 va undan yuqori ball bo’lgan IELTS sertifikatining asl nusxasi(har bir bandi 5.5dan kam bo’lmasligi kerak);
-
Rezyume/CV
-
Kamida olti(olti) oylik ish tajribasiga ega ekanligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
-
Mudofaa bo’limi chaqiruv uchastkasida qayd etish guvohnomasi yoki harbiy guvohnoma nusxasi (Faqat O’zbekiston fuqorosi bo’lgan erkak nomzodlar uchun);
-
Hamkor universitetlarning ariza shakllari;
-
Hamkor universitetning abituryentni qabul qilinganligini tasdiqlovchi taklif xati(Abituriyentlar ushbu hujjatni o’zlarining shaxsiy elektron pochtalaridan yuklagan holda bosib chiqarishlari kerak);
-
6 dona Rasm (3.5X4.5 hajmda).