En
Talabalikka tavsiya qilingan abituriyentlar shartnomalarini o’rnatilgan tartibda TSMRIning binosidan olib ketishlari mumkin. Abituriyentlar to’lov kontrakt summasini bo’lib-bo’lib to’lashlari mumkin.
 Abituriyentlar shartnoma imzolash uchun quyidagi hujjatlarning asl nusxasini topshirishlari lozim :
  • Rektor nomiga ariza;
  • Passport (doimiy yashash manzili ko’rsatilgan holda);
  • O’rta talimni tamomlaganini tasdiqlovchi Shahodatnoma/Diplom va uning ilovasi (Ingliz tiliga tarjima qilingan va notarius tomonidan tasdiqlangan bo’lishi lozim).
  • 6.0 va undan yuqori ball bo’lgan IELTS sertifikatining asl nusxasi(har bir bandi 5.5dan kam bo’lmasligi kerak);
  • Umumta’lim kursini yoinki undan keyingi kurslarni o’qib tugatganligini tasdiqlovchi ta’sis xati(SMRI(Singapur Respublikasi)/TSMRIdan o’qishni ko’chirish istagidagi nomzodlar uchun)
  • Birinchi yoinki undan katta kurslarni tugatganligini tasdiqlovchi hujjatning yoki baholar quyiladigan zachotkaning ingliz tiliga tarjima qilingan va notarius tomonidan tasdiqlangan nusxasi(O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan mahalliy institutlarda o’qishni ko’chirish istagidagi nomzodlar uchun)
  • Hamkor universitetlarning ariza shakllari
  • Hamkor universitetning abituryentni qabul qilinganligini tasdiqlovchi taklif xati (Abituriyentlar ushbu hujjatni o’zlarining shaxsiy elektron pochtalaridan yuklagan holda bosib chiqarishlari kerak)
  • Mudofaa bo’limi chaqiruv uchastkasida qayd etish guvohnomasi yoki harbiy guvohnoma nusxasi (Faqat O’zbekiston fuqorosi bo’lgan erkak nomzodlar uchun)
  • 6 dona rasm (3.5X4.5 hajmda)
APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech