En

AXBOROT  XATI

"MICE sanoati - iqtisodiy rivojlanish omili"

Sana: 2020-yil 16-sentabr

Manzil: Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti

 

Festivalda ishtirok etish uchun havola: https://mdis.zoom.us/j/87171120366?pwd=cjZGUnAvaTZ6SEVqOEN1bVRwYkRzdz09

Vaqti: 12:00 (Toshkent vaqti bilan)

ID: 871 7112 0366

Maxfiy so‘z: mdist

 

MICE yo‘nalishi har qanday milliy turizm strategiyasining muhim qismidir va uni muhimligini anglab yetgan jahon mamlakatlarining iqtisodiy ko‘rsatkichlari ham dunyo miqyosida juda baland. COVID-19 ning boshqa sohalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita ta'siri: transport sohasi, aloqa va komunikatsiya, moliya sohasi, madaniyat, sog‘liqni saqlash va savdo sohalari.

MICE konferensiyasining maqsad va vazifalari:

  • O‘zbekiston hamda xorijiy mamlakatlarda MICE sanoatining rivojlanish istiqbollarini o‘rganish;
  • MICE sohasi bo‘yicha mutaxassislarini muhokama va tajriba almashishga jalb qilish;
  • MICE sohasi bo‘yicha kadrlarni tayyorlash va ularni o‘qitish mezonlarini muhokama qilish.

Mavzular:

  • O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarda MICE turizmining tobora ommalashib borishi;
  • MICE sohasida raqobat juda yuqori: bu holatda nima qilish kerak?;
  • MICE sohasi bo‘yicha faoliyat yurituvchi korxonalar chet ellik mehmonlarni qabul qilish jarayonida qanday qiyinchiliklarga duch kelishmoqda;
  • Biznes bo‘yicha tadbir o‘tkazish tajribasi;
  • Yuqori malakali, xalqaro darajadagi MICE menejerini qanday tayyorlash mumkin?;
  • MICE sanoatining rivojlanishidagi asosiy to‘siqlar nimalardan iborat?;
  • “Hammasi ichida” nomli tur xizmatlarni tashkil etishga talabning oshishi;
  • Tadbirlarni tashkil etishda IT-texnologiyalarning ahamiyati;
  • Ekotimbilding; (Eko jamoa bilan ishlash);
  • Mahalliy xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga qo‘yiladigan talablar va ular bilan o‘zaro aloqalar;
  • MICE turizimida investitsiyalarning ustuvor yo‘nalishlari;
  • COVID-19 ning MICE sanoatiga ta'siri va uning oqibatlari;
  • Pandemiya davrida MICE bo‘yicha buyurtma olish mumkinmi?;
  • Pandemiyadan keyin MICE sanoatining muvaffaqiyatini tiklash uchun nima qilish kerak?;

 

Anjumanda taqdim etilgan tezislar va maqolalar to‘plamda nashr etiladi.

Anjuman tillari: o‘zbek, rus va ingliz.

Ishning o‘ziga xosligi kamida 80% bo‘lishi kerak.

Shrift: Times New Roman, 14; satr oralig‘i - 1 kenglikda belgilang. Maydonlar uzunligi 2 sm, standart xatboshi 1,25 sm.

Ariza berish shakli:

  • sarlavha
  • qisqa mazmuni (Annotasiya) (500-600 so‘z)
  • kalit so‘zlar (3-5)
  • foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

Agar siz rus yoki o‘zbek tillarida murojaat qilsangiz, ingliz tilida ism va kalit so‘zlarni ko‘rsating.

Maqola bilan ishtirok etayotganlar to‘liq ismi-familiyasi, tashkilot nomi, ilmiy darajasi, telefon raqami va elektron pochta manzilini majburiy ravishda conference@mdis.uz elektron manziliga yuborish kerak.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech