En
7 Sentyabr 2023 498

"YOZGI SAYOHAT - 2023"

Singapur sari olg‘a!

 

Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti tomonidan akademik ko‘rsatkichlari yuqori, institut ijtimoiy hayotida faol bo‘lgan hamda kelajakka aniq maqsad qo‘ygan bir guruh talabalar "Yozgi sayohat" loyihasi doirasida Singapur Respublikasiga sayohatga otlanishdi.

Ushbu loyihadan Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (MDIS Singapore)da bir qator seminar-treninglar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Jumladan, "Biznes", "Turizm va mehmondo‘stlik" hamda "Moda va dizayn" yo‘nalishlarida malakali ustozlar tomonidan mahorat darslari o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, Singapur Respublikasining diqqatga sazovor joylariga sayohat uyushtiriladi. Safar davomida talabalarga institutning professor-o‘qituvchilari va mas’ul xodimlari hamrohlik qilishadi.

Sayohat tafsilotlari haqida qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech