En
14 Sentyabr 2023 435

YOZGI SAYOHAT 2023

"Yozgi sayohat-2023" dasturining navbatdagi kunida talabalar uchun navbatdagi vorkshop tashkil etildi. Unda Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (Singapur Respublikasi) o‘quv ishlari dekani Dr. Cheo Roland tomonidan "Moliyada xulq-atvor" mavzusida mahorat darsi o‘tildi. 

Talabalar dars davomida hayotda uchraydigan turli moliyaviy o‘yinlar, daromad yoki mablag‘ yo‘qotish bilan bog‘liq real holatlar hamda ushbu vaziyatlarda qanday harakatlanish bo‘yicha hayotiy tajribalar asosida qimmatli tavsiyalarni olishdi.

Xodimlar jamoasi ham muzokalarni yakuniy bosqichga olib kelishdi. Bugungi uchrashuvlarda yangi xalqaro akademik dasturlarini olib kirish, bo‘limlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha yangicha yondashuv hamda yangi o‘quv yili boshlanishi bilan bog‘liq tegishli masalalar kelishib olindi.

Rejaga ko‘ra, kunning ikkinchi yarmida delegatsiya Singapurning diqqatga sazovor joylari bo‘ylab sayohat qilishdi. Jumladan, "Changi" aeroportidagi ulkan sharshara, "China town" va boshqa mashhur manzillar shular jumlasidandir.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech