En
27 Iyun 2022 937

“YANGI O‘ZBEKISTONNING RIVOJLANISH STRATEGIYASINI AMALGA OSHIRISH SHAROITIDA SUG‘URTA FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” MAVZUSIDA XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA BO‘LIB O‘TDI.

2022-yilning 27-iyun kuni Hilton Tashkent City mehmonxonasining anjumanlar zalida “Yangi O‘zbekistonning rivojlanish strategiyasini amalga oshirish sharoitida sug‘urta faoliyatini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Konferensiya Toshkent Moliya Instituti va “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi doirasida tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi 60-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijro doirasida “2022-2026-yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi to‘g‘risida”gi, xususan, sanoat tarmoqlarini o‘zgartirish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, investitsiya muhiti va uning jozibadorligini yanada yaxshilashga qaratilgan.
Anjumandan ko‘zlangan maqsad sug‘urta sohasini rivojlantirish, shuningdek, iqtisodiyotning real sektorining barqaror rivojlanishini ta’minlash, xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb qilishni kuchaytirish, sug‘urta sohasiga xalqaro tajribadan ijodiy foydalanish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni sug‘urtalash orqali himoya qilish va shuningdek sug‘urta xizmatlari sifatini oshirishdir (aholining “sug‘urta madaniyati”ni yuksaltirish).

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech