En
28 Sentyabr 2021 1097

XORIJIY TILLAR MAKTABI 26-SENTYABR KUNI SAMARQANDLIK INGLIZ TILI O'QITUVCHILARI UCHUN MALAKA OSHIRISH KURSINI TASHKILLASHTIRDILAR.

TSMRIning Xorijiy tillar maktabi (kafedrasi) 26-sentyabr kuni Samarqandlik Ingliz tili o'qituvchilari (EAP - Ilmiy maqsadlar uchun o'rganiladigan Ingliz tili) uchun malaka oshirish kursini tashkillashtirdilar. Malaka oshirish kursi O'zbekistondagi Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
TSMRIning katta o'qituvchisi hamda IELTS elchisi hisoblanadigan Murod Ismoilov mohirlik bilan o'tkazgan mashg'ulotlar "Fast Education" o'quv markazida bo'lib o'tdi va asosan IELTS hamda unda ta'lim berishdagi integratsiyalashgan ko'nikmalarning interfaol shakllariga bag'ishlandi.
40 dan ortiq tinglovchilar EAPning eng yangi ko'rsatmalari va texnikalari bilan tanishish hamda o'zlashtirilgan ko'nikmalarni o'z hamkasblari bilan mashq qilish imkoniyatiga ega bo'ldilar.
TSMRI jamoasi "Fast Education" o'quv markazi bosh direktori janob Botir Jo'rayevga iliq qabul uchun samimiy minnatdorchilik bildiradi hamda unga va uning jamoasiga omadlar tilaydi.
APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech