En
23 Dekabr 2023 453

QISHGI BO'SH ISH O'RINLARI YARMARKASI.

Qishki mehnat yarmarkasi-2023 Joriy yilning 21-dekabr kuni Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida bitiruvchilar va talabalar uchun mehnat yarmarkasi tashkil qilindi. Unda iqtisodiyotning turli sohalariga oid 70 dan ortiq mahalliy va xalqaro korxonalar yarmarkada ishtirok etishdi. Talabalar sanoat menejmenti, bank va moliya, buxgalteriya hisobi, biznes va marketing, turizm va mehmonxona boshqaruvi, biznes va korxonalarni boshqarish kabi yo‘nalishlardagi bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirildi. Shuningdek tadbirdan ko‘zlangan maqsad bitiruvchilar va talabalarni kelgusida o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ish bilan ta’minlabgina qolmay mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘yishda ko‘mak vazifasini o‘tashi ham ko‘zda tutildi.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech