En
5 Aprel 2023 841

TSMRIDA MARG‘ILON TURIZM VA MADANIY MEROS KOLLEJI PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI UCHUN ONLAYN TRENING O‘TKAZILDI.

2023-yil 30-mart kuni TSMRIda Marg‘ilon turizm va madaniy meros kolleji professor-o‘qituvchilari uchun onlayn trening o‘tkazildi.

MDIS Tashkent innovatsion kadrlar tayyorlash dasturi turizm sohasi rivojlangan xorijiy mamlakatlarning turizm va mehmondoʻstlik sohasidagi yetakchi taʼlim muassasalarining oʻqitish uslublariga asoslangan edi.

Trening MDIS Toshkent turizm va mehmondoʻstlik maktabi vakili Shaxnozaxon Faxritdinova tomonidan olib borildi va ikki mashgʻulotdan iborat boʻldi: “Oziq-ovqat va ichimliklar: Restoran faoliyati” va “Uy xoʻjaligi: xonalarni boshqarish”.

Treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad kollej professor-o‘qituvchilarining malakasini oshirish va xizmat ko‘rsatishni boshqarish sohasidagi bilimlarini chuqurlashtirishdan iborat bo‘ldi.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech