En
11 Oktyabr 2023 373

TSMRI VAKILLARI OZARBAYJONDA

TSMRI vakillari Ozarbayjonda

Joriy yilning 2-6–oktabr kunlari institut rektori rahbarligidagi ishchi guruh Ozarbayjonning Boku shahrida xizmat safarida bo‘lib qaytishdi.

Ushbu xizmat safari davomida vakillarimiz an’anaviy o‘tkaziladigan 74-Xalqaro astronavtika kongressida ishtirok etishdi. Mazkur tadbirda jahon kosmik agentliklari va ta’lim muassasalarining yuqori darajali rasmiylari, rahbarlari, delegatsiya a’zolari, tadqiqotchilar, olimlar, muhandislar, akademiklar, soha mutaxassislari, innovatorlar, yosh mutaxassislar, talabalar, tadbirkorlar, startap hamjamiyatlari, jahon matbuoti va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashishdi. Shuningdek, Kongressda Ozarbayjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyevning kirish nutqi bilan Kongressni ochib bergani diqqatga sazovor.

E’tiborli tomoni, 33 ta homiy tomonidan qo‘llab quvvatlangan kongressda ishtirok etish uchun 101 mamlakatdan 3000 dan ortiq ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tishi kutilgan edi, qiziqish yuqoriligi tufayli ishtirokchilar soni 5000 nafardan oshib ketdi.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech