Ру En
16 Noyabr 2022 822

TSMRI BIZNES-INKUBATORIDA BIZNESNI MODELLASHTIRISH VA INVESTITSIYALAR BO‘YICHA UCH KUNLIK MAHORAT DARSI TASHKIL ETILDI.

2022-yilning 9-10-noyabr va 14-noyabr kunlari Startap-inkubatsiya dasturi doirasida TSMRI Biznes-inkubatorida biznesni modellashtirish va investitsiyalar bo‘yicha uch kunlik mahorat darsi tashkil etildi, unda “Aloqa Ventures” venchur fondi direktori o‘rinbosari Azizbek Azizov ma'ruzachi sifatida ishtiroq etti.

Mahorat darsi davomida ma’ruzachi biznes-model turlari, turli turdagi startap va biznes uchun monetizatsiya sxemalari, startap va biznesga sarmoya jalb qilish yo‘llari haqida foydali ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.

Bundan tashqari, master-klassning uchinchi kunida TSMRI talabalari o‘z loyihalarini startap hamjamiyatining yetakchi ekspertlari, ya’ni Aloqa Ventures Fund, Plug&Play va IT Park vakillariga taqdim etdilar va loyihalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy maslahatlar oldilar.

TSMRI qiziqarli va mazmunli taqdimotlari uchun Aloqa Ventures Fund direktori o‘rinbosari Azizbek Azizovga samimiy minnatdorchilik bildiradi.

Shuningdek, TSMRI master-klassning yakuniy kunidagi mini-pitch paytida ko'rsatgan yordamlari uchun quyidagi mutaxassislarga minnatdorchilik bildiradi:

Davron Parmonov, Aloqa Ventures venchur fondi loyiha menejeri

Jahongir Kagirov, IT Park vakili

Abdul Sharapov, Plug & Play vakili

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech