Ру En
21 Sentyabr 2022 966

TSMRI BIZNES INKUBATORI O‘ZBEKISTON YOSHLAR TADBIRKORLIGINI QO‘LLAB-QUVVATLASH MARKAZI DIREKTORI ORIAN-MEHROJ RASHIDOV BILAN ONLAYN SUHBATNI TASHKIL ETDI.

2022-yil 20-sentabr kuni TSMRI Biznes inkubatori O‘zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi va “Yosh Tadbirkor” universiteti direktori, Unicorns Venture Fund va Startup Accelerator direktori hamda O‘zbekiston Street Workout federatsiyasi vitse-prezidenti janob Orian-Mehroj Rashidov bilan onlayn mehmon suhbatini tashkil etildi.

Qizg’in ruhda o’tgan muhokamalar davomida janob Orian-Mehroj Rashidov startaplarni yaratish va boshqarish, shuningdek, samarali startaplar jamoasini yaratish bo‘yicha o‘z tushunchalari va tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

TSMRI Biznes inkubatori janob Orian-Mehroj Rashidovga yorqin taqdimoti uchun o'z minnatdorchiligini bildiradi.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech