Ру En
3 Iyul 2022 1000

“YANGI O’ZBEKISTON BO’YLAB SAYOHAT QIL!”

 2022-yilning 2-3 iyul kunlari Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti Xotin-qizlar kengashi raisi D. Murodova O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tashabbusi bilan “Yangi O’zbekiston bo’ylab sayohat qil!” shiori ostida tashkil etilgan  Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi dam olish maskaniga uyushtirilgan sayohatda ishtirok etdi.

Bundan ko’zlangan maqsad, tizimda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar mehnatining

qoʻllab - quvvatlanishi, moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirib kelinayotganligi faoliyat

samaradorligining oshishida muhim omil ekanini ta’kidlab xotin-qizlarni mamlakatimizdagi soʻlim goʻshalar, dam olish maskanlari va tarixiy shaharlarga sayohatlarini tashkil etishdir.

 Mehmonlar tashrifidan hamisha xursand va “Ikkinchi Shveytsariya” deya atalmish Zominning maftunkor tabiati qo’ynida maroqli dam oldik, unutilmas betakror lahzalarni o'tkazdik. Tashkilotchilarga chuqur minnatdorchilik bildirgan holda, sayohatdan olingan o'ziga xos kayfiyat bilan uyga qaytdik. Shu bilan birga, alohida e’tibor va ko’mak uchun institutimiz rahbarlariga o’z tashakkurimni izhor etaman. 

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech