En
20 Oktyabr 2023 548

“TA’LIM VA KASB – KUZ-2023” XALQARO KO‘RGAZMASI

13-oktabrdan boshlangan “Ta’lim va kasb – kuz-2023” xalqaro ko‘rgazmasi Toshkent, Samarqand, Navoiy, Buxoro va Farg‘ona shaharlari bo‘ylab o‘tkazilib kelinmoqda hamda unda 30 dan ortiq xorijiy va mahalliy oliy ta’lim muassasalari va ish beruvchilar ishtirok etishmoqda.

Ko‘rgazmada Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Latviya va boshqa mamlakatlarning xalqaro ta’lim muassasalari hamda O‘zbekistondagi xorijiy oliy o‘quv yurtlari, jumladan institutimiz ham ishtirok etyapti.

35 dan ziyod xorijiy hamda yurtumizning yetakchi oliy ta'lim muassasalari ishtirok etgan ko‘rgazmada, 5 mingdan ziyod maktab bitiruvchilari o‘zlari qiziqqan oliy ta'lim muassalari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

16-oktabr kuni Samarqand shahrida davom etgan ko‘rgazma, shahar markazidagi "Yoshlar Markazi"da bo‘lib o‘tdi. Unda 20 dan ziyod oliy ta'lim muassalari ishtirok etib, 2 mingdan ziyod maktab o‘quvchilari ko‘rgazmaga tashrif buyurishdi.

Shuningdek, vakillarimiz xalqaro ko‘rgazma doirasida Buxoro va Farg‘ona viloyatlariga ham borishadi.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech