En
23 Dekabr 2023 327

TALABALAR BILAN UCHRASHUV TASHKIL QILINDI.

Joriy yilning 21-dekabr kuni Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida ta'lim va talabalarga xizmat ko‘rsatish sifati, institutdagi mavjud muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha takliflarni muhokama qilishga qaratilgan talaba va xodimlar bilan birinchi semestr yakunlariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda talabalarga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan bir qancha muhim masalalar, jumladan davomat tizimini tartibga solish, talabalar hayotining ijtimoiy va akademik jihatlari, sinfni samarali boshqarish kabi masalalar hamda talabalarning 2023-24 o‘quv yilining birinchi semestriga oid fikr-mulohazalari va muammolari o‘rganildi.

Ta’kidlash joizki, tadbir davomida talabalar tomonidan aytib o‘tilgan fikr-mulohazalar va muammolar institut ma’muriyati tomonidan nazoratga olinishi va tegishli mutaxassislar tomonidan bartaraf etilishi ta’kidlandi.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech