En
2 Dekabr 2023 307

REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI.

Rektor va yoshlar uchrashuvi Joriy yilning 28-noyabr kuni Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti rektori va talabalarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ochiq suhbat bo‘lib talabalar muammolari o‘rganildi. Qayd etish kerakki, bu yil TSMRI talabalaridan 50 nafariga Oliy ta‘lim vazirligi tomonidan grant ajratilib to‘lov-kontrakt summasi to‘liq qoplab berilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi banklari assotsatsiyasi tomonidan 10 nafar, TSMRI tomonidan 5 nafar talabaga stipendiya berilishi tasdiqlandi. Shuningdek, uchrashuvda ta‘lim tizimi rivoji uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va qulayliklar yuqori baholanib, kelgusida bunday harakatlar yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishi qayd etildi. TSMRI rektori yoshlarga yuzlanib, bunday uchrashuvlarni doimiy tashkil etish, talabalarning fikr-mulohazalarini tinglashga tayyor ekanligini bildirib, ularga yurtimizda yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish kerakligini ta’kidladi. *

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech