En
7 Iyul 2023 711

TALABALARIMIZ XALQARO DASTURDA ISHTIROK ETISHDI

2023-yilning 9–18-iyun kunlari Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti “Moda mahsuloti va uning targ‘iboti” yo‘nalishi talabalari yakuniy loyiha kolleksiyalarini Buyuk Britaniyaning Sanderlend universitetida o‘tkazilgan 2023-yilgi “San’at va dizayn ko‘rgazmasi”da namoyish etishga muvaffaq bo‘lishdi.

Talabalarimizning ilk bor Londonda boʻlib oʻtgan “Bitiruvchilar moda haftaligi”da oʻz kolleksiyalarini taqdim etish imkoniyatiga ega boʻlishganidan mamnunmiz. Talabalar Londonda zamonaviy moda olami bilan tanishish va Britaniya universitetlaridagi moda fakultetlari talabalari kolleksiyalari namoyish etilgan “Fashion Show”da ishtirok etish imkoniga ega bo‘lishdi. Yoshlarimizning ushbu almashinuv dasturidan olgan tajribasi yosh dizaynerlarga mahalliy bozorga eng so‘nggi texnologiyalarni joriy etish, o‘z moda brendi uchun dizayn yaratish jarayonida ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini oshirish imkonini beradi.

Ushbu almashinuv dasturi orqali Institutimiz talabalari Sanderlend universitetida xalqaro tajriba orttirish va ijodiy ishlarini namoyish qilish uchun ko'rgazmada qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech