En
13 Sentyabr 2023 395

BIR JAMOA - BIR OILA!

"Yozgi sayohat-2023" dasturining ikkinchi kunida talabalar uchun "Bozor iqtisodiyotida iste’molchilar talabini o‘rganish" mavzusida malakali professor Dr. Endi Tan ishtirokida vorkshop tashkillashtirildi. Vorkshop davomida talabalar amaliy jarayonlar orqali mavzuni yanada chuqurroq o‘zlashtirishdi.

Shuningdek, xodimlar jamoasi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (Singapur Respublikasi) boshqaruv apparati rahbariyati va xodimlari bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan muzokaralarda ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida akademik faoliyat, axborot texnologiyalari, PR hamda boshqa sohalarda ijobiy natijalarga erishildi. Jumladan, hamkor universitetlarning bakalavriat va magistratura yo'nalishidagi ta'lim dasturlariga 3+1 formatini joriy etish (3 yil Toshkentda, 1 yil hamkor universitetda), talabalar uchun akademik ma'lumotnoma(transkript)ni elektron tarzda rasmiylashtirish va boshqa muhim masalalar bo'yicha fikr-mulohazalar hamda tajribalar almashildi. Ta'kidlash joizki, barcha hamkorlik "Bir jamoa - bir oila" tamoyili asosida faoliyat olib borishga kelishib olindi. 

Kunning ikkinchi yarmida shaharning diqqatga sazovor joylari bo‘ylab sayohat uyushtirildi. "Singapore city gallery"da Singapur Respublikasining yaratilish tarixi, an’ana-qadriyatlari, va aholining yashash tarzi sayohat ishtirokchilarida ulkan taassurot qoldirdi.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech