Ру En
2 May 2024 189

TOSHKENT SHAHRIDAGI SINGAPUR MENEJMENTNI RIVOJLANTIRISH INSTITUTINING BIZNES VA MENEJMENT MAKTABI RAHBARI HAMDA TALABALARI PEPSI KORXONASIGA TASHRIF BUYURISHDI.

Joriy yilning 1-may kuni Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutining Biznes va menejment maktabi rahbari hamda talabalari Pepsi korxonasiga tashrif buyurishdi.

Bu tashrif xalqaro marketing bo'yicha talabalar uchun darsdan tashqari amaliy mashg'ulot sifatida tashkil etildi. Unda talabalar korxona faoliyati bilan tanishib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Ta'kidlash joizki, mazkur tashrifda samimiy qabul uchun TSMRI jamoasi korxona direktori Vyaceslav Hnasevich hamda brend marketingi bo'limi boshlig'i Aleksandr Redkovetsga o'z minnatdorchiligini bildiradi.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech