En
12 Oktyabr 2023 364

NAA (OZARBAYJON) BILAN HAMKORLIK

National Aviation Academy (Ozarbayjon) bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Ozarbayjon mamlakatiga tashrif davomida mamlakatning bir qator nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik bo‘yicha ijobiy natijalarga erishildi.

Delegatsiyamiz 3-oktabr kuni Ozarbayjonning yuqori darajadagi universitetlaridan biri — “National Aviation Academy”ga tashrif buyurdi. Vakillarimizni mazkur universitet prorektori Doktor Adalat Samadov, Huquq fanlari doktori – Ayxan Rustamzoda hamda akademiyaning xodim va talabalari kutib olishdi.

Tashrif davomida akademiya to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berilib, oliy dargoh maskani bo‘ylab tur tashkil etildi. Muzokaralar davomida akademiya va TSMRI o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolanib, unga ko‘ra talabalar uchun qisqa muddatli almashinuv dasturlari hamda xodimlar uchun mo‘ljallangan malaka oshirish kurslari, shuningdek, “Biznes boshqaruvi”, “Moliya” va “Huquqshunoslik” yo‘nalishlarida ham talabalar almashinuvida o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech