En
19 Fevral 2024 312

ESINGAPUR MENEJMENTNI RIVOJLANTIRISH INSTITUTIDA HAM ACCA ВА IELTS (BRITISH COUNCIL TOMONIDAN TASHKIL ETILADIGAN) IMTIHONLARI O'TKAZILADI

Endi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida ham ACCA ва IELTS (British Council tomonidan tashkil etiladigan) imtihonlari o'tkaziladi

Joriy yilning 16-fevral kuni Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida TSMRI va "British Council" o'rtasida hamkorlik va o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

TSMRI rektori doktor Ilhom Mamatqulov va "British Council" ning O'zbekistondagi direktori Denise Waddingham boshchiligida bo'lib o'tgan uchrashuvda TSMRI rasmiy ravishda IELTS ro'yxatga olish markazi hamda ACCA va IELTS test hamkoriga aylandi. Bu esa o'z navbatida institut talabalari va xodimlari uchun bir qator imtiyozlarni taqdim etadi. Shuningdek, 2024-yilning bahoridan boshlab TSMRI kampusida ACCA va IELTS imtihonlarini o'tkazilishiga kelishildi.

Qayd etish kerakki, hamkorlik memorandumi ta'lim sifatini oshirishda hamda yoshlarni yetuk kadr qilib yetishtirishda muhim omil ekanligi kelgusida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga zamin yaratadi.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech