En
22 Noyabr 2021 1598

TOSHKENTDAGI SINGAPUR MENEJMENTNI RIVOJLANTIRISH INSTITUTI XALQARO SPORT MUSOBAQALARI – O‘SMIR QIZLAR O‘RTASIDA QILICHBOZLIK BO‘YICHA JAHON KUBOGIGA MEZBONLIK QILADI.

2021-yilning 20-21-noyabr kunlari Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti xalqaro sport musobaqalari – o‘smir qizlar o‘rtasida qilichbozlik bo‘yicha Jahon kubogiga mezbonlik qiladi.
Ushbu musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi ko‘magida o‘tkazilmoqda.
FIE (Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi) tomonidan tashkil etilgan xalqaro musobaqada O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Ukraina, Misr, Ozarbayjon, Belarus, Polsha va Bolgariyadan 60 nafardan ortiq sportchi yakkalik va jamoaviy bahslarda oltin uchun kurash olib boradi.
Musobaqaning hakamlar hay'ati tarkibida taniqli hakamlardan Rail Nagimov (Rossiya), Arslan Abdusamet (Turkiya), Ortiq Bo'riev, Margarita Andreeva va Rustam Ibragimov (O'zbekiston) o’rin olishgan.
Fursatdan foydalanib, musobaqada O'zbekistonlik yosh sportchilarga omad va g'alabalar tilaymiz!
APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech