En
21 Avgust 2021 2362

FAOL TALABALAR NEGIZIDA "VOLONTYORLAR HARAKATI" TASHKIL ETILDI

2021-yilning 13-avgust kuni Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida bir guruh faol talabalar negizida "Volontyorlar harakati" tashkil etildi. Bu orqali Institutning ijtimoiy hayotiga mazmun bag‘ishlash, talabalarning darsdan keyingi bo‘sh vaqtlarini unumli va mazmunli o‘tkazish, qolaversa, kelajakda Institutda bo‘lib o‘tadigan tadbirlarni yuqori saviyada o‘tishini tizimli ta’minlash maqsad qilingan. "Volontyorlar harakati"ga shu vaqtga qadar Institutning ichki va tashqi tadbirlarida faollik ko‘rsatgan, har tomonlama boshqa talabalarga namuna bo‘lib kelgan talabalar a’zo bo‘lishgani ayni muddao bo‘ldi.
Bundan tashqari, 30-iyun - Yoshlar festivalining badiiy qismida institut nomidan ishtirok etgan bir guruh faol talabalar Institut rektori tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.
APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech