En
13 Oktyabr 2023 425

KLUBLAR YARMARKASI 2023

TSMRIda "Klublar yarmarkasi-2023"

Institutimizda talabalarning darslardan keyingi vaqtlarini unumli va mazmunli o‘tishini ta’minlash, talabalar ijtimoiy hayotini jo‘shqin tarzda olib borish uchun to‘garaklar va klublar haqida ma’lumot beruvchi klublar yarmarkasi tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda talabalarga san’at, sport, bilimdonlik, ijtimoiy-madaniy yo‘nalishdagi to‘garaklar tanishtirildi. Umumiy hisobda 15 tadan ziyod to‘garaklarga 200 nafardan ziyod talabalar a’zo bo‘lishdi. Tadbir davomida "Cover club" va "Guitar club" to‘garaklari a’zolaridan qo‘shiqlar ijro etildi.

Yarmarkada "Zakovat", "Board games", "Smar readers", "Movie club", "Anime club", "Cover club", "Guitar club", "Art club", "Creative club", "Handmade club", "Tourism club", shuningdek sportning futbol, volleybol, basketbol, katta tennis, stol tennisi, shaxmat, gandbol, arm-restling va suzish sport turlari bo‘yicha to‘garaklar a’zolari ishtirok etishdi.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech